Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grand-klubi «Boka Huniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini ma'lum qildi. U klub prezidenti, «Barselona»ning sobiq futbolchisi Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Boka Huniors» tarkibni tez fursatda kuchaytirishga muhtoj. Shu bois Delgado va Rikelme dueti yaqin transferlar bozorida jamoaga kerakli qo'shimchalarni topish vazifasi ustida ishlaydi.
Delgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 o'yin o'tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, Delgadoning faoliyatidagi yorqin voqealardan biri — 2003 yilda Libertadores kubogida eng yaxshi to'purar bo'lgani. U bu natijani «Santos» hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birga qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!