“Barselona” ijaradagi futbolchilarni rejadan chiqardi

"Barselona" klubi boshqa jamoalarda ijara asosida o'ynayotgan bir qator futbolchilarni kelgusi mavsum rejalaridan chiqarishga qaror qildi. Rahbariyat ushbu o'yinchilarning faoliyatini qayta baholab, ular bo'yicha keladigan takliflarni ko'rib chiqmoqchi. Xususan, Ansu Fatini "Monako" klubi to'liq sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Klubning asosiy maqsadi tarkibni yangilash va iqtisodiy muvozanatni saqlashdan iborat.
“Barselona” rahbariyati kelasi mavsum rejalarida hozirda boshqa klublarda ijara asosida harakat qilayotgan bir qator futbolchilarni inobatga olmaslikka qaror qilgan. Bu haqda Diario Sport nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub Mark-Andre ter Shtegenning “Jirona”dagi, Ansu Fatining “Monako”dagi, shuningdek Inyaki Penya, Aron Yakobishvili va Ektor Fortning “Elche”dagi faoliyati bo‘yicha qayta baholash o‘tkazmoqchi.
Keltirilishicha, mazkur futbolchilar mavsum yakunlangach kataloniyaliklar safiga qaytishi mumkin, biroq klub ular bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Ayniqsa, Ansu Fati bo‘yicha vaziyat qiziq: uning shartnomasida sotib olish bandi mavjud bo‘lib, “Monako” uni to‘liq xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Hozircha “Barselona” tarkibni yangilash va iqtisodiy muvozanatni saqlashni asosiy maqsad qilib olgan. Shu bois ijaradagi o‘yinchilar bo‘yicha qarorlar katta ehtimol bilan yozda aniqlashtiriladi.
Klub esa navbatdagi o‘yinini La Liga doirasida 22 aprel kuni “Selta”ga qarshi o‘tkazadi.






























Izohlar 0
…