Freyzer Klark Xrgovich - Itauma super jangi g‘olibini bashorat qildi

1 daqiqa o'qish151
Freyzer Klark Xrgovich - Itauma super jangi g‘olibini bashorat qildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Freyzer Klark Mozes Itauma Filipp Xrgovichni mag'lub etib, g'alaba qozonishiga ishonmoqda.
  • Mozes Itauma (14-0, 12 KO) va Filipp Xrgovich (20-1, 15 KO) o'rtasidagi IBF chempionlik kamari uchun jang 21 avgust kuni bo'lib o'tadi.
  • Klarkning fikricha, Itaumaning tezligi va harakatchanligi bahsda hal qiluvchi rol o'ynashi mumkin.
  • 2021 yilgi Tokio Olimpiadasining bronza medali sohibi Freyzer Klark ushbu jangda Filipp Itauma uchun faoliyatidagi eng qiyin raqib bo'lishini ta'kidladi.

2021 yilgi Tokio Olimpiadasining bronza medali sohibi, britan super og‘ir vaznli bokschisi Freyzer Klark jangovar hamyurti Mozes Itauma (14-0, 12 KO) hamda Xorvatiya vakili Filipp Xrgovich (20-1, 15 KO) o‘rtasidagi kutilayotgan to‘qnashuv bo‘yicha o‘z taxminlari bilan o‘rtoqlashdi.

Super og‘ir vazndagi ikki nomdor charm qo‘lqop ustasi o‘rtasidagi ushbu muhim jang IBF chempionlik kamari uchun kechadi.

«Itauma uchun eng qiyin sinov va ring ichidagi tezlik»

Freyzer Klark bo‘lajak jang ikki bokschi uchun ham oson kechmasligini ta’kidlar ekan, yosh va shiddatli Itaumaning g‘alabasiga bejizga ishonmayotganini bildirdi:

«Bilishimcha, Filipp Itauma uchun faoliyatidagi eng qiyin raqib bo‘ladi. Biroq men Mozesning g‘alabasiga ishonaman. Bu yigitni juda hurmat qilaman, chunki u nafaqat ajoyib jangchi, balki ringdan tashqarida ham o‘zini namunali tutadi.

Bo‘lajak bahsda Itaumaning tezligi va harakatchanligi hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin», — dedi Freyzer Klark.

21 avgustdagi titul jangi va Tokio Olimpiadasi xotiralari

Ma’lumot uchun, Mozes Itauma va Filipp Xrgovich o‘rtasidagi super og‘ir vaznda IBF jahon chempionlik kamari uchun kechadigan markaziy bahs 21 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu prognoz sohibi Freyzer Klark Tokio-2020 Olimpiadasining yarim finalida o‘zbekistonlik afsonaviy bokschi, Olimpiada va jahon chempioni Bahodir Jalolovga imkoniyatni boy berib, musobaqaning bronza medali bilan cheklangan edi.

Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashing.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?