«Neftchi»da sensatsion transfer: Kuao nima uchun Yevropani tashlab O‘zbekistonni tanladi?

2 daqiqa o'qish206
«Neftchi»da sensatsion transfer: Kuao nima uchun Yevropani tashlab O‘zbekistonni tanladi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Kot-d'Ivuarlik 28 yoshli himoyachi Koffi Kuao Fransiyaning «Mes» klubidan keyin Farg‘onaning «Neftchi» jamoasiga qo‘shildi.
  • U Yevropadagi takliflarga qaramay, o‘zini to‘liq namoyon eta oladigan loyiha sifatida «Neftchi»ni tanlaganini aytdi.
  • Kuao klub bilan 2027 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi.
  • O‘ng qanot himoyachisi tezligi, tajribasi va agressiv o‘yini bilan jamoaning mavsumdagi maqsadlariga erishishiga yordam berishga va’da berdi.

O‘zbekiston Superligasi yozgi transfer oynasida shov-shuvli kelishuvga qo‘l urdi. Fransiyaning «Mes» klubi sobiq himoyachisi, Kot-d'Ivuar milliy terma jamoasi a’zosi Koffi Kuao faoliyatini Farg‘onaning «Neftchi» klubida davom ettiradigan bo‘ldi. 28 yoshli tajribali futbolchi Yevropani tark etib, O‘zbekiston chempionatini tanlagani sabablari va fransuz matbuot bergan intervyusidagi fikrlari ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.

Fransiyaning nufuzli 225foot.com nashriga intervyu bergan ivuarlik himoyachi bu kutilmagan, ammo ambitsiyali qarori borasida ochiq-oshkor so‘zlab berdi.

«Mes» bilan xayrlashuv va «Neftchi» loyihasi

Joriy yilning iyul oyida Fransiyaning «Mes» klubi bilan amaldagi shartnomasi yakuniga yetgach, Koffi Kuao erkin agentga aylangan edi. Unga yevropalik bir nechta klublardan takliflar bo‘lishiga qaramay, futbolchi shoshmaslikni va o‘zini to‘liq namoyon eta oladigan loyihani tanlashni ma’qul ko‘rdi.

«Mes»dagi faoliyatim va iyulda shartnomam yakuniga yetgach, o‘zimni to‘liq kerakli his qiladigan loyihani tanlash uchun shoshmaslikni ma’qul ko‘rdim. “Neftchi” varianti paydo bo‘lganida, klub rahbariyatining rejalari menga ma’qul keldi. O‘zbekiston chempionatini kashf etish — men uchun juda qiziqarli chorlov va ham insoniy, ham sport nuqtayi nazaridan yangi sarguzashtdir», — dedi Koffi Kuao.

2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma

Farg‘ona klubi rahbariyati himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida yuqori saviyadagi legionerni o‘z safiga qo‘shib olishga erishdi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv bir yarim mavsumga mo‘ljallangan bo‘lib, Kuao «Neftchi» bilan 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan rasmiy shartnomaga imzo chekdi.

Kot-d'Ivuarlik futbolchi Yevropa maydonlarida to‘plagan boy tajribasi va taktik bilimlarini yangi jamoasiga berishga tayyorligini bildirdi.

«Maydonda borimni beraman»: Kuaodan katta va’dalar

O‘z pozitsiyasida yuqori tezlik, kurashvchanlik va tajovuzkor (agressiv) o‘yin uslubi bilan ajralib turadigan o‘ng qanot himoyachisi Farg‘onadagi faoliyatidan katta umidlar kutmoqda:

«Men bu yerga kamtarlik, ammo o‘ng qanotda tajribam, tezligim va agressiv o‘yinimni ko‘rsatish niyatida keldim. Bu yangi futbol, yangi madaniyat va men joriy mavsumda klubga o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishda yordam berish uchun bor kuchimni berishga tayyorman. Hammasini maydon ko‘rsatadi!»

«Neftchi» safiga kelib qo‘shilgan tajribali legionerning maydondagi harakatlari va uning jamoa natijalariga ta’siri muxlislarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Farg‘onaliklarning ushbu transferi Superligadagi raqobatni yanada kuchaytirishi shubhasiz.

Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashing.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?