AQSh ilk bor xususiy kompaniyalarga kiberhujum qilishga ruxsat berdi

AQSh hukumati maxsus tekshiruvdan o'tgan xususiy kompaniyalarga xalqaro jinoiy guruhlar va xakerlarga qarshi hujumkor kiberoperatsiyalar o'tkazishga ruxsat berdi. Prezident memorandumiga ko'ra, kompaniyalar jinoyatchilarga tegishli ma'lumotlar yoki tizimlarni yo'q qilishi va josuslik dasturlari yordamida razvedka ma'lumotlarini to'plashi mumkin.
AQSh hukumati xalqaro jinoiy guruhlar va xakerlarga qarshi kurashish uchun maxsus tekshiruvdan oʻtgan xususiy kompaniyalarga hujumkor kiberoperatsiyalarni oʻtkazishga ruxsat beruvchi tarixiy qarorni qabul qildi. Oq uy eʼlon qilgan yangi Prezident memorandumiga koʻra, bu qadam federal idoralarga kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda xususiy sektorning innovatsion imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beradi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
Hujjatga koʻra, dasturda ishtirok etuvchi xususiy kompaniyalar jinoyatchilarga tegishli maʼlumotlar yoki tizimlarni yoʻq qilishga qaratilgan buzgʻunchi hujumlarni amalga oshirishi hamda josuslik dasturlari yordamida razvedka maʼlumotlarini toʻplashi mumkin boʻladi. Ushbu choralar fedyeral hukumatni shantaj, moliyaviy firibgarlik va fedyeral darajadagi ransomware xurujlaridan himoya qilishga qaratilgan.
Siyosatdagi tub burilish va qonunchilik
ixbt.com va boshqa manbalar tarqatgan maʼlumotlarga tayanib aytganda, mazkur siyosiy oʻzgarish AQSh federal kompyuter xakerligi qonunchiligidagi tub burilishni anglatadi. Bungacha amalda boʻlgan qoidalar xususiy kompaniyalarga sud ruxsatisiz har qanday kiberhujum yoki buzish amaliyotlarini oʻtkazishni qatʼiyan taqiqlab kelgan edi.Avvalgi maʼmuriyatlar davrida ham xususiy sektor faqat kelib tushayotgan kiberhujumlardan mudofaalanishi mumkin boʻlib, javob tariqasida hujum uyushtirish huquqiga ega emas edi. Biroq yangi memorandum bu yondashuvni oʻzgartirib, davlat va xususiy sektor hamkorligida mutlaqo yangi sahna ochmoqda.
Xavfsizlik choralari va shartlar
Dastur hali boshlangʻich bosqichida boʻlib, uning toʻliq qanday ishlashi keyingi ikki oy ichida ishlab chiqiladigan maxsus koʻrsatmalarda belgilanadi. Hukumat kichik hajmdagi ixtisoslashgan kompaniyalarni ham jalb etishni koʻzlamoqda, chunki ular tor doiradagi operatsiyalarni bajarishda samaraliroq boʻlishi mumkin.Ishtirok etishni istagan har qanday kompaniya qoidabuzarlik aniqlangan taqdirda musodara qilinadigan 1 million dollar miqdoridagi depozitni escrow hisob raqamiga kiritishi shart. Shuningdek, har qanday operatsiya Adliya vazirligi va Milliy xavfsizlik departamenti vakillarining roziligi bilan hamda federal hukumatning qatʼiy nazorati ostida amalga oshirilishi lozim.
Kutilayotgan qiyinchiliklar
Memorandumga koʻra, xususiy kompaniyalarning harakatlari AQSh hududidagi tizimlar yoki fuqarolarga qaratilmasligi kafolatlanishi shart. Shu bilan birga, ishtirok etuvchi kompaniyalar elektr tarmoqlari va suv taʼminoti kabi muhim infratuzilmalarga kutilayotgan hujumlar haqida hukumatni zudlik bilan ogohlantirishi shart.Mutaxassislar va tanqidchilar xususiy kompaniyalarning hukumat darajasidagi xakerlik amaliyotlariga aralashishi kelgusida jiddiy yuridik muammolar va bahslarni keltirib chiqarishidan xavotir bildirmoqda. Shunga qaramay, Oq uy kiberxavfsizlikni taʼminlash yoʻlida ushbu innovatsion yondashuv zarurligini taʼkidlamoqda.






























Izohlar 0
…