«Aviachiptalar — sharmandalik, prokuror tomoshabin»: Surxondaryo hokimidan kutilmagan bayonot

2 daqiqa o'qish187
«Aviachiptalar — sharmandalik, prokuror tomoshabin»: Surxondaryo hokimidan kutilmagan bayonot
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimov samolyot va poyezd chiptalari narxining oshgani, yo'l infratuzilmasining ayanchli ahvoli hamda transportdagi muammolarni keskin tanqid qildi.
  • U M-39 xalqaro avtomagistralidagi vaziyat sabab taksistlar va avtobus haydovchilari norozi ekanini, Boysundan o'tish qiyinligini bildirdi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov viloyatning poytaxt Toshkent shahri bilan transport logistikasi, ayanchli yo‘l infratuzilmasi hamda samolyot va poyezd chiptalari narxining haddan tashqari oshib ketganini ochiq va keskin tanqid ostiga oldi.

Viloyat rahbari mas’ul tashkilotlarning loqaydligini qattiq qoralab, oddiy xalq poytaxtga yetib olishda mislsiz qiyinchiliklarga duch kelayotganini ta’kidladi.

«Boysundan o‘tib bo‘lmaydi, odamlar yuziga qarab bo‘lmayapti»

Hokim aholining Toshkentga qatnaydigan asosiy yo‘nalishi bo‘lmish M-39 xalqaro avtomagistrali bo‘yicha og‘riqli vaziyatga to‘xtaldi:

«Boysundan o‘tib bo‘lmaydi. Taksistlarimiz, avtobus haydovchilarimiz norozi bo‘lib, baqirib-chaqirib yurishibdi. Yo‘llarning ahvolidan odamlarning yuziga qaray olmaydigan holatdamiz», — dedi Ulug‘bek Qosimov.

Poyezdlar va vokzallar: «Vagonga chiqqan odam Toshkentgacha kasal bo‘ladi»

Temir yo‘l sohasidagi sharoitlar ham viloyat rahbarining qattiq e’tiroziga sabab bo‘ldi. Qosimovning ta’kidlashicha, temir yo‘l transportida elementar qulayliklar umuman yaratilmagan:

«Temir yo‘lda umuman sharoit yo‘q. Vagonga chiqqan odam Toshkentga yetguncha kasal bo‘lib qoladi. Sovitish (konditsioner) tizimi ham, boshqa sharoitlar ham ishlamayapti. Vokzalda na chipta bor, na odamlarga sharoit yaratilgan. Termizdan Sariosiyoga qatnaydigan shahar atrofi poyezdlarida esa odam tashishning umuman iloji yo‘q — u yerga odam sig‘maydi va sharoit yo‘q. Bu holatda Transport prokurori shunchaki tomoshabin bo‘lib o‘tiribdi», — deya qo‘shimcha qildi u.

«Tanish-bilishsiz chipta topib bo‘lmaydi»: Aviaqatnovlar va narxlar muammosi

Eng keskin tanqidlardan biri aviatsiya va chiptalar narxiga qaratildi. Hokim aviachiptalarning ikki barobar qimmatlashib ketgani va monopoliyaga qarshi kurashishi kerak bo‘lgan organlarning sukunatini qoraladi:

«Aviachiptalar masalasi — umuman sharmandalik! Narxlar ikki baravarga oshdi. Raqobat qo‘mitasi (sobiq Monopoliya) nomli tashkilot esa shunchaki tomoshabin. Bechora, oddiy odam qanday yurishi kerak? Bu chipta narxini ko‘rish ham, xarid qilish ham imkonsiz bo‘lib qoldi. Umuman olganda, tanish-bilishlarsiz aviachipta topib bo‘lmaydigan tizim yaratib qo‘yilgan».

Viloyat rahbari tomonidan bildirilgan ushbu haqli va keskin e’tirozlar tegishli vazirlik va idoralar, jumladan, Transport vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan tezkor choralar ko‘rilishini talab etmoqda.

Fikringizni izohlar bo‘limida qoldiring va maqolani Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishlaringizga ulashing.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?