Islom Maxachev UFC tarixidagi eng katta maqsadini ochiqladi: MMAda yangi cho‘qqi!

1 daqiqa o'qish233
Islom Maxachev UFC tarixidagi eng katta maqsadini ochiqladi: MMAda yangi cho‘qqi!

UFC yulduzi va yarim o‘rta vazn toifasida amaldagi chempion Islom Maxachev aralash jang san’atidagi (MMA) faoliyati bo‘yicha keyingi ulkan maqsadlari bilan o‘rtoqlashdi.

Rossiyalik jangchi faoliyati davomida ko‘plab cho‘qqilarni zabt etganini ta’kidlab, endilikda MMA tarixida abadiy qoladigan va qaytarish deyarli imkonsiz bo‘lgan g‘alabali seriya qayd etish niyatida ekanini bildirdi.

«Maqsad — ketma-ket 20 ta g‘alabalik seriya»

Maxachev o‘z oldiga qo‘ygan yangi marra haqida to‘xtalib, shunday dedi:

«Biz allaqachon barcha imkon qadar mumkin bo‘lgan rekordlarni yangilab bo‘ldik. Endi esa, ehtimol, ketma-ket 20 ta jangdan iborat g‘alabali seriyani qayd etish kerakdir. Bu juda ajoyib ko‘rsatkich bo‘lardi.

Agar biz ketma-ket 20 ta g‘alaba qozonishning uddasidan chiqa olsak, katta ehtimol bilan bu tarixiy rekordni boshqa hech kim yangilay olmaydi».

Rekord sari navbatdagi qadam: 16 avgust, UFC 330

Hozirga kelib Islom Maxachev oktagonda ketma-ket 16 ta g‘alabali seriya qayd etib kelmoqda. Ushbu g‘alabalar sonini yana bittaga oshirish va rekord sari yaqinlashish uchun unga navbatdagi jiddiy sinov kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 16 avgust kuni AQSHning Pensilvaniya shtati, Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC 330 turnirining markaziy jangida Islom Maxachev irlandiyalik mag‘lubiyatsiz da’vogar Ien «Machado» Gerriga qarshi o‘z chempionlik kamarini himoya qiladi.

Fikringizni izohlar bo‘limida qoldiring va maqolani Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishlaringizga ulashing.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?