Qarzdordan 150 million so‘mlik qarzdorlik undirildi

1 daqiqa o'qish140
Qarzdordan 150 million so‘mlik qarzdorlik undirildi

Majburiy ijro byurosining G‘allaorol tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan 18 ta ijro ishi bo‘yicha qarzdorliklarni undirish yuzasidan amaliy ishlar olib borildi.

Jumladan, mazkur ijro ishlari doirasida qarzdorga tegishli noturar binoni xatlash jarayoni boshlangan vaqtda, qarzdor tomonidan o‘z majburiyatlarini bartaraf etish chorasi ko‘rilib, jami 150,8 million so‘m qarzdorlik to‘liq to‘lab berildi.

Shu tariqa, mol-mulkni xatlash va boshqa majburiy ijro choralarini qo‘llashga hojat qolmasdan, 18 ta ijro ishi bo‘yicha 150,8 million so‘m mablag‘ undirilishi ta’minlandi.

Mazkur holat ijro hujjatlarida belgilangan majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish, qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda bartaraf etish hamda majburiy ijro choralarining oldini olish muhimligini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

Byuroning G‘allaorol tuman bo‘limi tomonidan ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlash, qarzdorliklarni undirish va undiruvchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?