14:33 / 26.08.2020
4 920

Hokimning «qopdagi pullari» ham «Andijon»ga yordam bermadi

Hokimning «qopdagi pullari» ham «Andijon»ga yordam bermadi
Foto: penalti.uz
«Andijon» futbol klubi o‘z faoliyatini to‘xtatmoqda. Buni jamoa bosh murabbiyi Viktor Kumikov tasdiqladi. Unga ko‘ra, jamoa keyingi turda «Paxtakor»ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi. Muammo — moliyaviy inqirozda. Jamoa a’zolari uch oydan beri maosh olishgani yo‘q. Klubning o‘tgan yildan qolgan qarzlari ham bor.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 13 mart kuni Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov «Andijon» futbol klubi a’zolari va muxlislari bilan uchrashib, jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotgani, shunga qaramay natijalardan qoniqish hosil qilmayotganini ta’kidlagandi.

Shuningdek, o‘sha uchrashuvda hokim «qopda pul bilan» kelgani, ijobiy natija uchun mablag‘ ayamasligini aytib, o‘tgan yilgi qarzdorlik batamom qoplanishini tantana bilan aytgan edi. Biroq va’dalar amalda o‘z aksini topmagan ko‘rinadi...

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hokimning «qopdagi pullari» ham «Andijon»ga yordam bermadi