07:00 / 08.03.2022
1 810

Isroil Madrimov Mishel Soroga qarshi revansh jangi o‘tkazadi

Isroil Madrimov Mishel Soroga qarshi revansh jangi o‘tkazadi
Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasi Isroil Madrimov (8-0, 6KO) va Mishel Soro (35-3-1, 24 KO) o‘rtasida chempionlik kamariga majburiy da’vogar maqomi uchun revansh jangiga buyruq berdi.

Tomonlarga jang bo‘yicha muzokaralarni yakunlash uchun 30 kun muddat belgilangan bo‘lib, kelishuvga erishmagan taqdirda ochiq promouterlik savdosi bo‘lib o‘tadi.

2021 yil 17 dekabr kuni Toshkentda bu ikki bokschilarning o‘zaro jangi natijasi saqlanib qolinadi. O‘shanda to‘qnashuvning 9-raundida hakam gong ovozini eshitmagan, shundan so‘ng Madrimov raqibga bir necha zarbalar yo‘llashi natijasida texnik nokaut qayd etilgan edi. Bundan norozi bo‘lgan Soro jamoasi tashkilotga revansh berilishini so‘rab murojaat qilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Isroil Madrimov Mishel Soroga qarshi revansh jangi o‘tkazadi