date
views 52

Nike va Hyperice $900 qiymatdagi “aqlli” krossovkalarni taqdim etdi

Nike va Hyperice $900 qiymatdagi “aqlli” krossovkalarni taqdim etdi
Nike va Hyperice kompaniyalari hamkorligida ishlab chiqilgan Hyperboot texnologik krossovkalari rasman taqdim etildi, deb yozmoqda Wylsa.com.

Ushbu “aqlli” krossovkalar sport mashg‘ulotidan oldin tanani qizdirish, mashqdan keyin esa sovitish uchun mo‘ljallangan. Hyperice ekspertlariga ko‘ra, krossovkada joylashgan isitish elementi va ikkita havo yostiqchasi mushaklarga tezroq qon oqimini ta’minlab, kislorod bilan to‘ldiradi.

Krossovkalarda uch xil harorat (44°C, 48°C, 52°C) va bosim (50, 130, 210 mm sim. ust.) darajalari mavjud. Ularni poyabzal ustidagi tugmalar yoki maxsus ilova orqali nazorat qilish mumkin.

Hyperboot’lar 1,5 soatgacha akkumulyatorda ishlaydi. Og‘irligi — 1,7 kg.

Sotuvlar 17-maydan faqat Shimoliy Amerikada boshlanadi. Narxi — $900.

Shuningdek, Nike va Hyperice sportchilarning harorat muvozanatini tezroq sozlashiga yordam beruvchi texnologik jiletni ham taqdim etdi. Uning chiqish sanasi hozircha noma’lum.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Nike va Hyperice $900 qiymatdagi “aqlli” krossovkalarni taqdim etdi