23:00 / 30.09.2022
2 752

Buyraklar qanday og‘riydi: alomatlar hamda bel og‘rig‘idan 10 ta farqi

Buyraklar qanday og‘riydi: alomatlar hamda bel og‘rig‘idan 10 ta farqi
Foto: «Lisa.ru»
Ko‘pchilik buyraklar aynan qayerda og‘rishini bilmaydi va shuning uchun boshqa patologiya bilan adashtirishi mumkin. «Lisa.ru» nashri aslida buyraklar qanday og‘rishi, ayollar va erkaklardagi alomatlar va eng muhimi, boshqa organ kasalliklaridan farqini ma’lum qildi.

Buyrakdagi noqulaylik, albatta, kasallik yoki ushbu organning shikastlanishi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Buyraklar og‘rig‘i qorinning yuqori qismida, yon tomonda yoki belda, bir tomonlama noqulaylik kuzatiladi, deb qaraladi. Ammo bu sohalarda hislar ko‘pincha buyraklar bilan bog‘liq emas.

Buyraklar qayerda joylashgan va og‘riq qanday kechadi?
Ushbu organlar qorinning orqa qismida, umurtqa pog‘onasining har ikki tomonida pastki qovurg‘alar ostida joylashgan. Ularda og‘riq keltiradigan holatlarning aksariyati faqat bitta buyrakka ta’sir qiladi. Shu bilan birga, ular turli yo‘llar bilan organizmga zarar yetkazishi va muammoga qarab turli alomatlar bilan birga kuzatilishi mumkin.

Buyrak og‘rig‘ining sabablari:
Bu organlar siydik pufagi va siydik yo‘llari bilan bog‘langan. Ushbu sohalarning har biri bilan bog‘liq muammolar og‘riq va noqulaylikka olib kelishi mumkin. Sabablarga quyidagilar kiradi:

Buyraklardagi toshlar. Toshlar organizmdagi mineral yoki birikmalarning to‘planishi tufayli hosil bo‘ladi. Ular qumga o‘xshash yoki durdan kattaroq bo‘ladi. Kichik toshlar organizmni o‘z-o‘zidan tark etishi mumkin. Biroq kattaroqlari siydik yo‘liga tiqilib qolishi va peshob o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Ushbu holda kuchli og‘riq paydo bo‘ladi.

Peshob to‘planishi. Ushbu kasallikda odam siydik pufagini to‘liq bo‘shata olmaydi. Vaqt o‘tishi bilan to‘satdan yoki asta-sekin sodir bo‘lishi mumkin.

Siydik pufagi refluksi. Bu peshobni pufakdan siydik yo‘llariga yoki buyraklarga qaytib ketishiga olib keladi. Patologiya har kimda sodir bo‘lishi mumkin, lekin ko‘pincha u chaqaloqlarda va yosh bolalarda uchraydi. Bunday holatda siydik yo‘li buyrakka yopishgan joyda tiqilib qoladi. Bu bel sohasida og‘riqni keltirib chiqarishi mumkin.

Infeksiya (pelonefrit). Bu holat bakterial infeksiya sodir bo‘lganda rivojlanadi. Alomatlar orasida isitma, titroq, belda og‘riq, ko‘ngil aynishi va qayt qilish kuzatiladi.

Polikistik kasallik. Bunday irsiy kasallikka chalingan odamlarda buyraklar ichida suyuqlik bilan to‘lgan qoplar (kistalar) mavjud. Kistalarning kengayishi bilan buyraklar kattalashadi va og‘riq kuzatiladi. Natijada, ular to‘g‘ri ishlamasligi mumkin.

Shikastlanish yoki jarohat olish. Sport bilan shug‘ullanish, baxtsiz hodisalar jismoniy shikastlanishga olib kelishi mumkin. Bu peshobda yoki buyraklar atrofida qon paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Saraton. Buyrak saratonining eng keng tarqalgan turi, buyrak hujayrali karsinoma, odatda 60-70 yoshdagi odamlarda kuzatiladi. Simptomlar peshobda qon, belda og‘riq yoki shish paydo bo‘lishidir.

Buyraklar qanday og‘riydi: alomatlar
- belda doimiy, kuchli og‘riq;
- yon tomonda, ko‘krak ostida yoki qorinda og‘riq;
- kuchli yoki o‘tkir to‘lqinsimon og‘riq;
- ko‘ngil aynishi yoki qayt qilish.

Buyraklar yoki bel og‘rig‘ini qanday aniqlash mumkin?
Ko‘pchilik qorin sohasidagi og‘riqlarni mushak-skelet tizimining muammolari yoki nevrologik tabiat bilan bog‘liq deb o‘ylaydi. Bu mutlaqo noto‘g‘ri.
  • Buyrakdagi og‘riq qorin bo‘shlig‘iga tarqalishi mumkin.
  • U deyarli hech qachon belning pastiga va oyoq-qo‘llarga o‘tmaydi, ularning harakatining cheklanishiga va sezgirlikni yo‘qotishiga olib kelmaydi.
  • Urologik patologiya tufayli beldagi og‘riqlar bilan peshob rangi o‘zgarishi mumkin.
  • Buyrakdagi og‘riqlar peshob miqdorining o‘zgarishi bilan birga kuzatiladi.
  • Buyrakdagi og‘riqlar peshob miqdorining o‘zgarishi bilan birga kuzatiladi.
  • Shish paydo bo‘ladi, qon bosimi ortadi.
  • Buyrakdagi og‘riq bilan ko‘ngil aynishi, qayt qilish mumkin.
  • Tez-tez, noqulay, og‘riq bilan peshob chiqarish buyrak og‘rig‘ining eng keng tarqalgan hamrohlaridan biridir.
  • Peshob chiqarish tizimining yallig‘lanish kasalliklarida, bel og‘rig‘idan tashqari tana harorati ko‘tariladi.

Ayollarda buyrak og‘rig‘i qanday kuzatiladi?
Buyrak kasalligi ayollarda ko‘proq uchraydi, degan fikr bor, ammo bu noto‘g‘ri. Ba’zi turlari erkaklarda, ba’zilari esa ayollarda ko‘proq uchraydi. Misol uchun, ayollarda anatomik tuzilish tufayli infeksiyalar tezroq rivojlanadi.

Umuman olganda, bu organlarning kasalliklari jinsiy farqlarga ega emas, xususiyatlar ham bir xil. Shuning uchun, ayollarda buyraklarning og‘rig‘i erkak belgilaridan farq qilmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Buyraklar qanday og‘riydi: alomatlar hamda bel og‘rig‘idan 10 ta farqi