Foto: iStock
Mobil telefonlar bugungi kunda hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Biz ulardan muloqot, ishlash, ma'lumot izlash va boshqa koʻplab maqsadlarda foydalanamiz. Biroq smartfonga qaramlik kuchayib borayotgan bir vaqtda oʻrinli savol tugʻiladi: yostiq oldiga telefonni qoʻyib yotish zararlimi? Sevimli gadjetimiz doimiy qoʻlimizda va choʻntagimizda turishi sogʻliq uchun qanchalik xavfli?
Quyida shu savollarga javob topamiz.
1. Radiochastota nurlanishi
Mobil telefonlar signallarni uzatish uchun radiotoʻlqinlaridan foydalanadi. Smartfonlardan chiqadigan radiochastota (RF) nurlanishi odatda past quvvatli boʻlib, inson salomatligiga katta xavf tugʻdirmaydi. Biroq uzoq muddatli ishlatish yoki smartfondan notoʻgʻri foydalanish ayrim xavflarni yuzaga keltirishi mumkin.
Kundalik hayotda uchraydigan radiatsiya darajasi xavfsiz boʻlishiga qaramay, mutaxassislar gadjetlarning tanaga yaqin joyda boʻlish vaqtini minimallashtirishni tavsiya qiladi. Bu qoida, ayniqsa, tungi uyqu vaqtida muhimdir. “Parvoz” (Rejim polyota) rejimidan foydalangan holda telefoningizni yotoqdan uzoqroq tutish maqsadga muvofiqdir.
2. Uyqu sifati
Uyqu tananing tiklanishi uchun zarur boʻlgan muhim jarayondir. Ammo telefonga yaqin joyda uxlash organizm tiklanishi sifatiga salbiy ta'sir koʻrsatishi mumkin. Birinchidan, mobil qurilmadagi koʻk ekran uyquni tartibga solish uchun mas'ul boʻlgan melatonin gormoni ishlab chiqarilishiga xalaqit beradi. Shuningdek, uyqudan avval smartfondan foydalanish uyquga ketish vaqtini kechiktiradi.
Ikkinchidan, telefoningizga kelayotgan SMS-xabarlar va turli signal tovushlari dam olishingizga xalaqit beradi. Smartfon vibratsiyasi va ovozlar odamni uygʻotib yuboradi, bu ham uyquning umumiy sifatiga salbiy ta'sir koʻrsatadi.
3. Psixologik omil
Telefonni yotoq oldida qoʻyib uxlash gadjetlarga qaramlikni oshirishi mumkin. Smartfon yonida turganini koʻrgan odamlar oʻzi istamasa va kerak boʻlmasa ham behudaga ijtimoiy tarmoqlarni tekshirishi kuzatiladi. Bu esa ruhiy salomatlik uchun zarardir. Smartfonga qaramlik stress va tashvish darajasining oshishiga olib kelishi fanda isbotlangan. Yangi axborotlarni koʻrish uchun telefonni doimiy tekshirish, hatto uxlayotganingizda ham ish yoki ijtimoiy majburiyatlar haqida oʻylash insonlarda yanada koʻp stress paydo boʻlishiga sabab boʻladi.
4. Gigiyena va salomatlik
Smartfon — bu oʻzimiz bilan hamma joyda olib yuradigan va doimo mikroblar va bakteriyalar ta'siriga uchraydigan predmet. Tadqiqotlarga koʻra, gadjetlar yuzasida turli infektsiyalarni keltirib chiqaradigan millionlab mikroblar mavjud.
5. Alternativ echimlar
Avvalo, kechasi keladigan xabarlar sizni chalgʻitmasligi uchun “Bezovta qilinmasin” rejimini uyqudan avval yoqib qoʻying. Ikkinchidan, ijtimoiy tarmoqlarni tekshirishga qoʻl bormasligi uchun telefonni uzoqroqqa, yoki umuman boshqa xonaga qoʻyib yoting. Smartfondagi uygʻotkich oʻrniga an'anaviy soatlardan foydalaning. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar