
Tanada eng ko‘p ishlaydigan va hayot uchun zarur bo‘lgan organlardan biri — jigar. Uning vazifalariga qonni filtrlash, zararli moddalarni yo‘q qilish, muhim oqsillar va moddalar ishlab chiqarish kiradi, deb xabar berdi combio.org. Biroq, har qanday himoyaga qaramay, jigar ham og‘ir kasalliklar va shikastlanishlardan himoyalanmagan.
Ko‘p yillar davomida og‘ir jigar kasalliklariga qarshi yagona yechim sifatida transplantatsiya ko‘rib chiqilar edi. Donor organlarining kamligi va operatsiyaning o‘ta qimmat va xavfli ekani ko‘p bemorlarni umidsizlikka solib kelayotgandi. Shuning uchun olimlar alternativa — hujayraviy terapiya imkoniyatlarini izlashda davom etdi.
So‘nggi tadqiqotlarda asosiy muammo jigarni tiklaydigan gepatik projenitor hujayralar organizmga singmasligi va kerakli joyga to‘g‘ri birikmasligi bo‘lgan. Birmingem universiteti olimlari esa bu muammoni jiddiy ilg‘or texnologiya bilan hal etishga harakat qildi. Ular hujayralarni gigaluron kislotasi yoki alginatdan iborat yopishqoq polisaxaridlar bilan qoplash usulini taklif etdi.
Bu biologik qoplama hujayralarning jigar to‘qimalarida mustahkam birikmani ta’minlaydi, endotelial hujayralar bilan yaxshi bog‘lanishga yordam beradi va natijada integrin oqsillarini ishlab chiqarishni kuchaytiradi. Bu protsess vaqtinchalik bo‘lib, yangi muhitga moslashganidan keyin qoplama o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.
Olimlar kichik hajmli jigar modellarida olib borgan sinovlar shu usulning samarali va xavfsiz ishlashini ko‘rsatdi. Endi ular bu texnologiya inson immunitetiga qanday ta’sir qilishini, boshqa organ hujayralariga tatbiq etish mumkin yoki yo‘qligini o‘rganmoqda.
Doktor Mariya Kyara Arnoning ta’kidlashicha, bu yutuq arzon, kam travmatik va donor organlariga muhtoj bemorlar uchun yangi umid eshigini ochishi mumkin. Yangi qoplama texnologiyasi nafaqat jigar, balki kelajakda yurak, buyrak va boshqa muhim organlar uchun ham zamonaviy hujayraviy terapiyada inqilob qilishi kutilmoqda.
Mutaxassislar bu yo‘nalishni kelajak meditsinasining eng muhim tendensiyalaridan biri deb baholamoqda. Chunki har bir inson uchun arzon va oson davo — insoniyatning katta orzusi bo‘lib qolmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar