date

FIFA Ronalduning diskvalifikatsiyasini eʼlon qildi

FIFA Ronalduning diskvalifikatsiyasini eʼlon qildi
FIFA intizomiy qoʻmitasi Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ishi boʻyicha qaror chiqardi. Hujumchi Irlandiyaga qarshi oʻtkazilgan soʻnggi oʻyinda raqibini tirsagi bilan urganligi uchun qizil kartochka olgan edi.

OAVning xabar berishicha, FIFA Ronalduga bir oʻyinga real diskvalifikatsiya va yana ikki oʻyinga shartli diskvalifikatsiya belgiladi. Maʼlum boʻlishicha, Krishtianu bir oʻyinlik diskvalifikatsiyani allaqachon oʻtab boʻldi va Armaniyaga qarshi oʻtkazilgan saralash bosqichining soʻnggi turida maydonga tushmadi.

Shunday qilib, Portugaliya terma jamoasi sardori allaqachon kelasi yil yozda boshlanadigan 2026 yilgi jahon chempionatining birinchi oʻyinida ishtirok etishi mumkin. Jahon chempionati final bosqichining qurʼa tashlash marosimi shu yil dekabr oyida boʻlib oʻtadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » FIFA Ronalduning diskvalifikatsiyasini eʼlon qildi