
Turkiya shou-biznesida yana kutilmagan holat. “So‘yla, Qora dengiz” seriali orqali ommalashgan aktrisa Irem Xelvajiog‘lu farzandi dunyoga kelganidan bir oy ham o‘tmay turmush o‘rtog‘i, tadbirkor Ural Kaspar bilan ajrashishga qaror qilgani haqida turk OAVi yozmoqda.
Irem va Ural munosabatlari uzoq yillar davomida bir necha bor uzilib, qayta tiklangani, hatto to‘ydan bir necha oy avval ular ajrashgani haqida xabarlar tarqalgani tufayli, 2024-yil oktyabrdagi nikoh ko‘pchilik uchun kutilmagan voqea bo‘lgandi. Yaqinda Irem Sora ismli qizaloqni tug‘di, Ural esa ijtimoiy tarmoqlarda katta xursandchilik bildirgan edi.
Biroq Aksam nashri ma’lumotiga ko‘ra, juftlik o‘zaro kelishuv asosida ajrashishni tanlagan. Sabablar ochiqlanmagan, Iremning agenti ham, Uralning o‘zi ham matbuotga izoh bermagan.
Bir necha kun avval esa oila ishtirok etgan avtohalokat haqida ham xabar berilgan: mototcikl ularning mashinasiga borib urilgan va Iremga bir necha chok qo‘yilgan. Yaxshiki, jarohatlar og‘ir bo‘lmagan va oila shifoxonadan tezda chiqarilgan.
Hozircha ajrashish jarayoni qachon boshlanishi va juftlikning kelgusi rejalari qanday bo‘lishi noaniq bo‘lib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.