
Turkiyalik mashhur aktrisa Xande Erchel «Постучись в мою дверь» seriali orqali Rossiyada katta shuhrat qozongan. U Moskvaga yetib keldi va Внуково aeroportida jurnalistlar hamda muxlislar tomonidan kutib olindi.
Aktrisa kepka va ko‘zoynakda tushdi. U muxlislarga minnatdorchilik bildirdi, gullarni qabul qildi, avtograflar qo‘yish va suratga tushish uchun bir necha daqiqa vaqt ajratdi va keyin aeroportdan jo‘nab ketdi.
Uning tashrifi ish safaridir — bugun kechqurun u yangi filmi «Два мира, одно желание» namoyishida ishtirok etadi. Filmda Bilge va Janning 1998 yil Yangi yil kechasida boshlangan va oradan 20 yil o‘tgach davom etgan qismati haqida so‘z boradi: Bilge advokat, Jan esa arxeolog bo‘lib yetishgan.
Melodrama rejissyori — Ketche. Loyihada Xuseyn Avni Danyal, Idil Firat ham ishtirok etgan. Rossiyada film premerasi 27 noyabr kuni bo‘ladi. Bu safar Xande ssenariy yozishda ham qatnashgan.
Qolaversa, bu Xande Erchelning Moskvaga ilk safari emas. Yanvar oyida u «Оставь это ветру» filmi premerasi uchun ham Rossiyaga kelgan edi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.