Shvetsiyaning Karolina instituti tadqiqotchilari boshchilik qilayotgan xalqaro olimlar guruhi inson hujayrasi ichidagi yangi tuzilmani kashf etishdi. Bu tuzilma yangi tipdagi oqsil majmuasi bo‘lib, u hujayraning atrofidagi muhit bilan bog‘lanishini ta’minlaydi hamda hujayra bo‘linishida muhim o‘rin tutadi. Bu haqida xalqaro "Nature Cell Biology" ilmiy jurnaliga tayanib Turon24 xabar bermoqda.
To‘qima tarkibidagi hujayralar to‘rsimon ko‘rinishda tuzilmalar bilan o‘ralgan bo‘lib, hujayralararo matritsa deb ataladi. Hujayralar o‘zi atrofidagi matritsaga ulanishi uchun ularning qobig‘ida maxsus retseptor molekulalari bo‘ladi. Ushbu retseptorlar hujayra ichidagi yirik oqsil majmuasi tomonidan nazorat qilinadi. Adgeziya kompleksi deb atalauvchi ushbu tuzilma hujayra ichki qismini tashqi muhit bilan bog‘lashga xizmat qiladi. U tufayli hujayra tashqi muhit haqida ma’lumot oladi va shunga mos ravishda moslashish belgilarini namoyon qiladi.
Yangi kashf etilgan adgeziya kompleksi "retikulyar adgeziya" deb nomlanib, u avvalgilaridan o‘zining o‘ziga xos molekulyar tarkibi bilan farq qiladi.
Tadqiqot mualliflarining qayd etishlaricha, yangi kashf etilgan retikulyar adgeziya hozirgacha jumboq bo‘lib kelayotgan ayrim savollarga javob beradi. Shu vaqtgacha hujayra bo‘linish vaqtida atrofidagi matritsaga qanday bog‘lanib turishi mavhum holat edi, sababi ilgari ma’lum bo‘lgan adgeziya komplekslari mitoz vaqtida parchalanib ketardi. Lekin yangi kashf etilgan kompleks mitoz davrida o‘z yaxlitligini saqlab tura oladi.
"Biz yangi adgeziya kompleksini hujayra bo‘linish vaqtida parchalanmasdan qolishi va uni matritsaga biriktirib turishini tajribada ko‘rsatib bera oldik", deydi tadqiqot rahbari, Karolina instituti professori Stefan Stromblad.
Tadqiqotchilar bundan tashqari, retikulyar adgeziyaning hujayra bo‘linganidan so‘ng yosh qiz hujayralarni o‘z joyiga joylashuvini ham nazorat qilishini aniqladilar. Tadqiqotlar asosan konfokal mikroskopiya va mass spektrometriya usullarni qo‘llagan holda inson hujayrasining bir necha liniyasida amalga oshirilgan.
Olimlar navbatdagi tadqiqotlarda yangi adgeziya kompleksini tirik organizmlarda kuzatish, o‘rganish lozimligini ta’kidlashmoqda.
Tadqiqot mualliflarining qayd etishicha, ushbu oqsil majmuasi sohadagi ko‘pgina muammoli holatlarga javob bo‘la oladi. Shu bilan birga, ular retikulyar adgeziya kompleksi hujayra bo‘linishidan tashqari boshqa jarayonlarda ham ishtirok etishi mumkinligini istisno etishmayapti. Bu esa retikulyar adgeziya ustida yangi tadqiqotlar o‘tkazishni taqozo etadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari