21:24 / 09.08.2017
8 660

Munajjimlar bashorati: 10 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 10 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun birinchi navbatda kissadagi pullarni bir xomcho‘t qilib olishingiz lozim bo‘ladi. Aks holda cho‘ntak qurib qolishi mumkin. Ishingiz baroridan keladi, moliyaviy jihatdan ahvolingizni kun davomida yaxshilab ham olasiz. Ammo tejamkorlikni unutib qo‘ymang. Oila a’zolaringizdan biri bilan bog‘liq ko‘ngilsizlik sodir bo‘lishi kutiladi. Muammoni tinchlik yo‘li bilan hal etishga harakat qiling. Salomatligingizni asrang. Birovlarning ishiga aslo aralashmang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
10 avgustda sizdan talab qilinadigan yagona narsa shuki, o‘zgalar muammolarini hal etishga bel bog‘lamang. Oxir oqibat o‘zingiz yomonga chiqib qolishingiz mumkin. Muhabbatda kirishimli va so‘zamollikni tanlang. Ana shunda oilasiz bo‘lsangiz, albatta elkangizga baxt qushi kelib qo‘nadi. Oilali bo‘lsangiz, kechqurun asosiy vaqtingizni farzandlar va juftingiz uchun ajrating. Kechqurun yotar mahalda xamirli taomlar iste’mol qilmasligingiz tavsiya etiladi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
10 avgust ro‘zg‘ordagi katta-kichik tashvishlarga o‘ralashadigan kuningiz. Aslida bu muammolarni ilgariyoq hal etishingiz lozim edi. Biroq beparvo bo‘lgansiz. Demak, endi baribir shu muammolarga ko‘milishingiz kerak bo‘ladi. Pul masalasida xayolotga emas, aniq hisob-kitoblarga tayanib ish ko‘ring. Oilaviy hayotingizda mayda-chuyda bahsli vaziyatlarni hisobga olmasa, sokinlik hukm suradi. Kechqurun qon bosimingizni albatta o‘lchatib ko‘ring.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Yulduzlar bugun hayotga, yorug‘ dunyoga, atrofdagilarga tabassum bilan boqishingizni maslahat berishmoqda. Bu dunyoda hal bo‘lmaydigan muammoning o‘zi yo‘q. Demak, ularni tabassum bilan hal eting va bu salomatlikka ham juda foydali. Oilasizlar bugun suygani yoki hozircha tanlaganidan rad javobini eshitishlari kutiladi. Bu ham qayg‘urishga arziydigan hodisa emas. Oilalilar bugundan ko‘p narsa kutsalar yarashadi. Siz uy-joyingizni kengaytirish bobida ilk qadamni tashlashingiz va o‘zingiz yoqtirgan yurtlarga sayohatga otlanishingiz uchun imkoniyatlar paydo bo‘ladi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
10 avgust kuni yolg‘on va chuv tushishlarni chetlab o‘ting. Basharti sezmay qolib ularga ro‘baro‘ bo‘lgan taqdiringizda ham bir yo‘lini qilib nari qoching. Bu narsalar sizga katta miqdorda moliyaviy zarar etkazadi. Madaniy tadbirlarda ishtirok etish, sport bilan shug‘ullanish uchun 10 avgust juda ahamiyatli kechadi. Basharti nimagadir allergiyangiz bo‘lsa, shundan o‘zingizni olib qoching yoki allergiyaga qarshi dorini o‘zingiz bilan olib yuring. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Imkonini topsangiz, bugun mehnat ta’tiliga chiqing. Bo‘lmasa, organizm hadeganda zo‘riqaverishi turli jiddiy xastaliklarni chaqirishi hech gap emas. Tushdan keyin toqqa chiqib dam olishingiz, sevimli xobbingiz bilan shug‘ullanishingiz ham ziyon qilmaydi. Oila qurmagan bo‘lsangiz, juft tanlashda aslo xatoga yo‘l qo‘ya ko‘rmang, keyinchalik qimmatga tushishi mumkin. Sog‘lig‘ingizni har soniyada esga oling. Sog‘liqqa putur etkazuvchi taomlar emang. Kechqurun sizni tanishlardan biri mehmonga taklif etish ehtimoli ham yo‘q emas.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
10 avgust tom ma’noda sizning kuningiz emasga o‘xshaydi. Negaki, rejalashtirgan ishlarning yarmisini ham bajara olmasligingiz xavfi bor. Ortiqcha vazndan qiynalayotgan bo‘lsangiz, taom rasionini mutaxassislar maslahatiga amal qilgan holda qayta tuzib chiqing. Shunda yoz oxiriga qadar ko‘zlangan natijaga erishishingiz mumkin. Kechqurun yolg‘iz qolishingiz va kelajak haqida obdon fikrlab olishingiz kerak bo‘ladi. Kun davomida o‘zingiz haqingizda qondoshlardan yoqimli maqtovlar eshitasiz inshoolloh.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun katta hajmdagi ishlarga qo‘l urmaganingiz ma’qul. Ularni ado etishning o‘z fursati keladi bir kun. Shaxsiy hayotingizga o‘zgalar aralashishi uchun imkon yaratmang. Bugun huquqshunos maslahatlaridan foydalanish, sayohatga otlanish, tadbirkorlar uchun foydali shartnomalar tuzish foydali kechadi. Oilasiz bo‘lsangiz, yuqorida sanab o‘tilgan muammolarga berilib kechqurun uchrashuvingiz borligini unutib qo‘ymang. Asablarni asrang va kechqurun ertaroq uxlashga yoting. Inshoolloh bugun tunda ko‘radigan tushingiz o‘ngidan keladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
10 avgustda kayfiyatingiz shu qadar a’lo bo‘ladiki, nafaqat o‘z ishingizni do‘ndirasiz, balki hamkasblarga ham yordam qo‘lini cho‘zishga ulgurasiz. Lekin kuch faqat bugun emas, har kuni kerakligini unutmang. Moliyaviy masalada tartib bilan ehtiyotkorona ish tuting va qo‘lingizga pul kelib tushishi bilan qarzlaringizni uza boshlang. Agar kun davomida qon bosimingiz sakrab azob berishini istamasangiz, zararli odatlardan voz keching.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Yulduzlar bugun shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymasligingizni tavsiya etishadi. Muhabbat bobida juftingiz bilan munosabatlaringiz yanada yaxshilanish pallasiga kiradi. Baxtingizni begonalardan ehtiyot qiling. Aql bilan ish tutsangiz, kechqurun moliyaviy muammolar ham bartaraf etilib, kissangiz pul ko‘radi. Sog‘liqni esa moliyaviy masalani hal etishdan ham oldinroq mustahkam tutish payida bo‘ling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
10 avgustda meros va uy oldi-sotdisi bilan bog‘liq ishlaringiz baroridan keladi. Faqat bu masalalar bilan shug‘ullanishdan oldin tajribali, bilimli huquqshunos toping. Pul jamg‘armangizni ehtiyotkorona sarflang. Bu ishda ko‘r-ko‘rona harakatlar sodir etish yaxshilikka olib kelmaydi. Begonalar bilan hamkorlikda ish ochmang, bu ishga pul ham tikmang. Oqibatda chuv tushib qolasiz. Sog‘lig‘ingizdan bugun shikoyatingiz bo‘lmaydi. Quyosh tig‘ida ko‘p yurishdan tiyiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
10 avgust sizning kuningiz. Kunning birinchi yarmida tog‘ yon bag‘rida do‘stlar yoki yaqinlaringiz bilan qisqa muddatga bo‘lsa-da dam olib qaytishingiz kutiladi. Qaytishingiz bilan pul masalasi ijobiy hal etiladi. Oila qurmagan yigit va qizlar bugun shu qadar ajoyib muhabbat romanini mutolaa qilishadiki, go‘yo dunyoni unutishadi. Roman qahramoni esa siz-u bo‘lg‘usi juftingiz ekanini unutmang. Kechqurun bolalikdagi do‘stingiz sizga kutilmagan sovg‘a tayyorlab qo‘yganiga guvoh bo‘lasiz.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 10 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..