date

Amorimga qisqa muddatli transferlar kerak emas

Amorimga qisqa muddatli transferlar kerak emas
Manchester Yunayted qishda transfer oynasida tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Har doimgidek, "Qizil iblislar" ko'plab yirik futbolchilarga qiziqish bildirmoqda.

Insayder Fabritsio Romano ma'lumotiga ko'ra, bosh murabbiy Ruben Amorim klub rahbariyatiga qisqa muddatli kuchaytirishlarga ehtiyoj yo'qligini aniq tushuntirgan. Portugaliyalik mutaxassis jamoada uzoq muddatli kelajakka ega futbolchilarni ko'rishni istaydi.

Shunday qilib, murabbiy ijara asosida keladigan futbolchilar variantlarini ma'qullamasligi ehtimoldan holi emas. Ayni paytda Manchester Yunayted Premer-liga turnir jadvalida 10 turdan so'ng 17 ochko bilan sakkizinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Amorimga qisqa muddatli transferlar kerak emas