10:40 / 22.01.2020
3 176

Olimlar qarishning molekular mexanizmlarini aniqladilar

Olimlar qarishning molekular mexanizmlarini aniqladilar
Tadqiqotchilar inson keksayishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan genni aniqlash uchun epigenetik soat deb nomlangan biomarkerdan foydalanishgan.

Organizm yoshini o‘lchashning turli usullari mavjud. Xronologik yosh – organizmning qancha vaqt tirik bo‘lganligi o‘lchovi bo‘lsa, biologik yosh organizmning molekular darajada qanchalik yaxshi faoliyat ko‘rsatishini ko‘rsatadi. Biologik yoshni o‘lchash uchun eng samarali vositalardan biri 2013 yilda Trey Ideker va Stiv Horvatlar tomonidan taklif etilgan epigenetik soatdir.

Epigenetik soatlar genlarning turli qismlarida DNK metiliratsiyasi darajasiga asoslangan yoshni bashorat qiluvchi matematik modeldir. Metiliratsiyalash genetik ketma-ketlikning ishlashini o‘zgartirmaydi, balki faqat DNK molekulasini o‘zgartiradi. Bu jarayon sog‘lom hujayra o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lib, unga turmush tarzi va ekologik omillar ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.

Tadqiqotda olimlar har qanday genlarning ishlashi va biologik vaqt oqimi tezlashuvi o‘rtasidagi turli bog‘liqliklar mavjudligini aniqlash maqsadida odamlarning ko‘plab genetik ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Va ular shunday genlardan biri – nsd1ni topishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu o‘zida nsd1 genlari mavjud bo‘lgan shaxslar bu genga ega bo‘lmaganlarga qaraganda tezroq qarishini anglatishini bildiradi.

Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, tadqiqot epigenetik soatlar qarishni tushunishning istiqbolli vositasi ekanligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, ushbu fakt qarishni tezlatadigan genlar haqiqatda mavjudligiga ishonarli dalildir. Shunday qilib, biz genlarni tahlil qilishning zamonaviy texnologiyalari yordamida qarish tezligini nazoratga olish va uni sekinlashtirish imkoniga egamiz.

Olimlar ushbu faktni tasdiqlash uchun kelgusida sichqonlar ustida tadqiqotlar olib borish zarurligini aytishmoqda. Mualliflar, shuningdek, qarishni tezlashtiradigan yangi genlarni aniqlash uchun katta hajmdagi ma’lumotlardan foydalanishni rejalashtirishgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar qarishning molekular mexanizmlarini aniqladilar