AQSh polisiyasi "qurollangan" mushukni qo‘lga tushirmoqchi bo‘ldi

  • 29 aprel 2017, 08:10
  • 4 728
  • Jamiyat
  • AQSh polisiyasi "qurollangan" mushukni qo‘lga tushirmoqchi bo‘ldi
    AQShning Nyuport shahri (Oregon shtati) polisiyasi fuqarolardan biri daraxtda "panjalarida avtomat ushlagan" mushuk o‘tirganini ma’lum qilgandan keyin bu "qurollangan" mushukni qo‘lga olgani otlangan.

    Polisiya bu xabar mantiqsiz tuyulsa-da, biroq voqea joyiga etib kelgan. Ma’lum bo‘lishicha, "avtomat" oddiy shox bo‘lib chiqqan.

    "Bugun ertalab qurollangan mushuk haqida tushgan xabar asossiz bo‘lib chiqdi. Xizmat itimiz mushukni tekshirgan va mushuk oddiy shox ushlab olgani aniqlangan. Mushukka yanglish tarzda avtomat deb qabul qilingan narsa bilan suratga tushgani uchun og‘zaki ogohlantirish berilgan", deb hazil aralash ma’lum qilingan polisiya xabarida.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » AQSh polisiyasi "qurollangan" mushukni qo‘lga tushirmoqchi bo‘ldi