Fotosuratlarga ishlov berish uchun eng yaxshi dasturlar

  • 26 aprel 2017, 09:44
  • 6 320
  • Texnologiya
  • Fotosuratlarga ishlov berish uchun eng yaxshi dasturlar
    Ijtimoiy tarmoqlarda mashhur san’atkorlarning suratlarini ko‘rganda: «Qanday qilib bunchalik mukammal bo‘lish mumkin?» — deb o‘ylamagan odam bo‘lmasa kerak? Aslida esa Instagram’dagi mashhurlar ham — biz kabi odamlar. Fotosuratlar maxsus dasturlar orqali ishlov berilganidan keyin mukammal ko‘rinishga keladi. Siz ham suratlaringiz shunday mukammallikka erishishi uchun o‘zingizga mos dasturni tanlang va o‘z fotolaringizga maftun bo‘ling.

    Perfect 365

    Narxi: bepul, ammo ichki xaridlar mavjud

    Bu fotoni retushlash va virtual makiyaj qo‘shish uchun ajoyib dastur. Aytishlaricha, undan hatto Kim Kardashyan ham foydalanadi.

    Asosiy imkoniyatlari:
    • yuz terisining nuqsonlarini, ko‘z ostidagi salqigan terini yo‘qotadi;
    • tishlarni qordek oppoq qiladi;
    • makiyaj qo‘shadi va hokazo.

    Snapseed

    Narxi: bepul

    Bu Google tomonidan yaratilgan, telefon yoki planshetda fotosuratlarni tahrirlash uchun mo‘ljallangan ancha kuchli dastur. Uning funksiya va imkoniyatlari juda ko‘p. Qisqacha aytadigan bo‘lsak, siz dasturdan suratlarni to‘g‘rilash, kadrlash, burish, kesib olish, filtrlash, matn joylashtirish va boshqa ko‘plab imkoniyatlarni topasiz.

    Prisma

    iOS/Android

    Narxi: bepul

    Prisma yordamida siz fotosuratlaringizga badiiy (san’atkorona) filtrlar va fotoeffektlar qo‘shish orqali, ularni yanada yorqinroq qilishingiz mumkin.

    Aytgancha, agar Prisma’dagi kabi filtrlarni nafaqat fotolarga, balki videolarga ham qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, Artisto bepul dasturidan foydalanib ko‘ring.

    PhotoEditor

    Android

    Bu ko‘p jihatdan boshqa dasturlarga nisbatan ko‘proq funksiyalarga ega bo‘lgan to‘la-to‘kis fotoredaktordir. Effektlar, ramkalar, kesish kabi oddiy funksiyalardan tashqari, bu erda rang parametrlarini qulay tarzda tahrirlash, shovqinlarni olib tashlash ham mumkin. Ammo PhotoEditor boshqa dasturlardan farqli ravishda kollajlar yaratish uchun asboblarga ega emas.

    Manba: “Daryo”

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Fotosuratlarga ishlov berish uchun eng yaxshi dasturlar