date

Amazon’dan 3000 dollarga RTX 5090 olgan mijoz tosh va sochiq qabul qilib oldi

Amazon’dan 3000 dollarga RTX 5090 olgan mijoz tosh va sochiq qabul qilib oldi

RTX 50 seriyasidagi videokartalar taqchilligi va narxlarning oshishi firibgarlar uchun yangi imkoniyatlarga aylandi, deb Playground.ru xabar berdi. Reddit’da tarqalgan ma’lumotga ko‘ra, foydalanuvchi NVIDIA GeForce RTX 5090 videokartasini buyurtma qilgan, ammo unga kutilayotgan qurilma o‘rniga sochiqqa o‘ralgan toshlar kelgan.

Bu MSI SUPRIM RTX 5090 model bo‘lib, Amazon Resale — qaytarilgan mahsulotlar arzon narxda sotiladigan bo‘lim orqali xarid qilingan. Amazon bunday tovarlar qayta yuborilishidan oldin tekshiriladi, deb ta’kidlaydi. Biroq ushbu holatda bunday tekshiruv amalga oshmagan ko‘rinadi.

Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, bu Amazon orqali RTX 5090 sotib olishga qilingan to‘rtinchi urinish bo‘lgan. Unga 3000 dollardan ko‘proq ($3000 ≈ 36 mln so‘m) to‘lashga to‘g‘ri kelgan. Ammo natijada faqat og‘irligi videokartaga yaqin bo‘lgan begona buyumlar kelgan.

Foydalanuvchilar fikricha, ombordagi xodimlar yuk og‘irligiga qarab tekshiruv o‘tkazmasdan jo‘natishgan. Ayrimlar Amazon’da bu kabi holatlar tizimli muammoga aylanganini ta’kidlamoqda: avvalgi holatlarda ham RTX 5090 o‘rniga mijozlarga guruch, makaron yoki qurilish chiqindilari yuborilgan.

Kuchli talab, yuqori narx va firibgarlar uchun katta imkoniyat fonida mutaxassislar va foydalanuvchilar onlayn xaridlar vaqtida yuqori ehtiyotkorlikni tavsiya qilishmoqda. Bugungi kunda yuqori narx mahsulot xavfsizligini kafolatlamaydi. RTX 5090 esa firibgarlar uchun eng jozibali nishonlardan biriga aylangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Amazon’dan 3000 dollarga RTX 5090 olgan mijoz tosh va sochiq qabul qilib oldi