Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga kirishi haqidagi epopeyasi bir necha oydan beri davom etmoqda va hamon uning yakuni ko‘rinmaydi. Uni mantiqqa to‘g‘ri deb atash mumkin emas, chunki Xelsinki va Stokgolmning alyansga qo‘shilish haqidagi qarorlari, bir tomondan qaraganda umuman sog‘ aqlga zid.
Bu ayniqsa blokning kengayishiga qarshi chiqayotgan Turkiya bilan bo‘layotgan dialoglarda aniqroq ko‘zga tashlanyapti. Skandinaviya mamlakatlari poytaxtidan farqli o‘laroq Anqarada tarixning tektonik plitalari harakatlarini juda sezgirlik bilan ilg‘ab qoldi. Va bu vaziyatdan asosiy manfaatdor bo‘lgan AQSH bilan turli yo‘llarda: bu safar Suriyadagi kurdlarga operatsiya uchun qiruvchi samolyotlar yetkazib berish orqali savdolashib o‘z mustaqilligi va uni mustahkamlashga harakat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘sha demokratik dunyo Turkiyaning Iroqdagi xuddi shunday harakatlariga e’tibor bermaslikni afzal ko‘rgan edi. Gap esa Vashingtonning mintaqadagi yagona ittifoqdoshi haqida ketmoqda. Seshanba kuni boshlangan operatsiya haqida may oyining oxirida xabar berishdi. Bu uchun Davlat departamenti Turkiyaga tanbeh berishga ham ulgurdi. Ammo hammaga ma’lum bo‘lganidek, it huradi - karvon o‘taveradi.
O‘tgan yillar davomida dunyoda davom etgan va so‘nggi bir necha oy ichida qaytarib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar mamlakatlardan operativ erkinlikni talab qilishini Turkiya yaxshi anglaydi. Albatta, agar o‘sha mamlakatlar, xalqaro munosabatlarning ko‘z o‘ngimizda shakllanayotgan yangi tizimida hech narsadan mahrum bo‘lishni istamasalar.
Shvetsiya va Finlyandiya esa aksincha, Rossiya chegaralarida demokratiya “sarboni” bo‘lishni istab qoldi va o‘zini Shimoliy Atlantika birodarligi va AQSH oldida vassal majburiyatlari bilan bog‘lamoqchi.
Baribir, xavfsizlik nuqtai nazaridan minimum hech narsaga erishmaydi, maksimum bo‘lsa esa – ularda nimanidir yo‘qotib qo‘yish xavfi bor. Moskva ular uchun hech qanday xavf tug‘dirmayotgan edi. Endi esa Rossiyaga nisbatan neytral munosabatlardan kechib uning dushmani bo‘lgan alyansning a’zosi bo‘lmoqchilar. Biroq, ular avvallari ham NATOning mashg‘ulotlarida ishtirok etishgan. Demak, neytraliteti ham shartli edi.
Bunday vaziyatda har qanday normal odam ehtimol bu unga hech bo‘lmaganda iqtisodiy tomondan qandaydir foyda keltirishini o‘ylab ko‘rishi kerak edi. Biroq, aftidan skandinaviya mamlakatlari hukumatida bunday kadrlarga ehtiyoj yuqori. Agar Finlyandiya ilgari YAIMning ikki foizini mudofaa uchun sarflagan bo‘lsa (AQSH o‘z ittifoqchilaridan shuni talab qiladi), Shvetsiyaning esa bu uchun ancha pul sarflashiga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yili u yerda YAIMning atigi 1,3 foizi harbiy ehtiyojlar uchun sarflangan.
Demak, bu modda uchun harajatlarni bir yarim barobarga oshirishga to‘g‘ri keladi. Ammo bunday talablar SSSR parchalanganidan so‘ng, alyansning harbiy budjeti asta-sekin qisqargandan keyin nisbatan bo‘shashgan yillar merosi. Endi esa “Rossiya tahdidi” bahonasida Vashington o‘z ittifoqchilarini kattaroq mablag‘lar sarflashga osongina majbur qiladi.
Inqirozlar fonida bunday xarajatlar mamlakatlar budjetiga katta zarba bo‘ladi, o‘z navbatiga aholiga ham. Biroq xalqning alyansga qo‘shilish haqidagi fikrlari hech kimni qiziqtirmaydi. Aprel oyining oxiridayoq Shvetsiya TIV rahbari Ann Linde o‘z vatandoshlarini hech qanday referendum bo‘lmasligini aytib mehribonlarcha ogohlantirgan edi. Aytishlaricha, bu muhim masala oddiy shvedlar bilishi mumkin bo‘lmagan maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olar emish.
Stokgolm va Xelsinki uchun blok tarkibiga o‘tish qiyinchiliklar evaziga shubhali foyda keltirsa, Vashington bundan Arktikada o‘z pozitsiyasini mustahkamlab oladi. Shvetsiya va Finlyandiya NATOga qo‘shilgandan keyin Rossiya Arktika kengashining alyansga kirmagan yagona ya’zosi bo‘lib qoladi.
Arktika katta ehtimol bilan XXI asrdagi to‘qnashuvlarning asosiy maydoniga aylanadi. Va masala nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy tahdid emas, balki iqtisodiy tahdid haqida. Moskvaga qarshi sanksiyalarning neft yetkazib berishni qisman cheklashni nazarda tutuvchi oltinchi paketi allaqachon rekordlari yangilayotgan yoqilg‘i narxini pasaytirishga yordam bera olmaydi. Shu nuqtai nazardan, Amerika prezidenti Jo Baydenning bayonoti juda muhim ko‘rinadi.
Unda sanksiyalar qabul qilinganining ertasi kuni prezident G‘arb aslida Rossiya neftini sotib olishga tayyorligini, ammo bozordan past narxda (va, ehtimol, ushbu oltita paketga qaraganda ancha yuqori)olishini tan olgan edi.
Qora oltin narxining oshishi Arktika zaxiralarini yanada jozibador qiladi va ularni o‘zlashtirish esa yanada foydali bo‘ladi. Shu bilan birga narxlarning oshishi yana bir narsaga ishontirmoqdaki, ekologlar, siyosatchilar va taniqli shaxslar aytgan o‘sha yashil iqtisodiyotga o‘tish aslida juda shoshqaloqlikda aytilgan bo‘lib chiqdi.
Mintaqaning ahamiyati logistika bilan bog‘liq muammolar nuqtai-nazaridan yangi ranglarda jilolanadi. Iqlim o‘zgarishlari sabab Arktikada yuk tashish yanada qulayroq bo‘ladi, shuning uchun Shimoliy dengiz yo‘li jahon savdosining eng muhim tomirlaridan biriga aylanish salohiyatiga ega bo‘ladi.
Bu Suvaysh kanali yoki Yaxshi Umid burni atrofidagi yo‘nalishlarning deyarli yarmiga teng. Arktikadan tashqari Osiyo davlatlari, birinchi navbatda Xitoy va Hindiston ham uning rivojlanishidan manfaatdor. Shu bilan birga Rossiya Shimoliy dengiz yo‘lidan tarixdan o‘ziga tegishli bo‘lgan yo‘nalishni ko‘radi. G‘arb esa milliy yurisdiksiyadan chiqib ketishini talab qilmoqda.
Biroq, Arktikaning resurs bazasi va uning transport imkoniyatlaridan foydalanish huquqi hozirda, 2020 yillarda, aniq bo‘la boshlagan, Rossiya va G‘arbning karama-qarshiligi sababi. O‘zaro da’volarning kuchayishi sharoitida shimol qarama-qarshilik uchun to‘laqonli maydonga aylanmoqda. Shuning uchun bu yo‘nalishda o‘z pozitsiyalarini kuchaytirish uchun AQSH katta pul to‘lashga tayyor. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)