Xulian Alvares: "Barselona" va "PSJ" haqida fikrlar

Xulian Alvares: "Barselona" va "PSJ" haqida fikrlar
Madridning "Atletiko" jamoasi hujumchisi Xulian Alvares "Barselona" va "PSJ" klublariga qiziqish bildirilayotgani haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirdi. "Men hech narsani bilmayman.

Ispaniyada mening "Barselona"ga o'tishim haqida gap-so'zlar bor. "Atletiko" bilan shartnoma imzolaganimda, "PSJ" haqida ham gaplashishdi.

Hozirda e'tiborim faqat "Atletiko"dagi o'yinlarga qaratilgan. Mavsum oxirida natijalarni sarhisob qilamiz," - deydi argentinalik futbolchi France Football nashriga bergan intervyusida.

25 yoshli hujumchining transfer qiymati 100 million yevro deb baholanmoqda. Uning Madrid klubi bilan tuzilgan shartnomasi 2030 yilning iyun oyida yakunlanadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar