
Moldova Putinning navbatdagi nishoni bo‘lishi mumkinmi va mamlakat Rossiya harbiylari bostirib kirishi xavfi ostidami? Bunday savollar, jumladan, G‘arb siyosatchilar tomonidan ham o‘rtaga tashlanmoqda. Rossiyaning Ukrainaga qariyb bir yildan beri davom etayotgan harbiy tajovuzi va Kremlning Moldovaga nisbatan tobora nojo‘ya tus olayotgan ritorikasi fonida bunday ssenariyning yuzaga kelishi ehtimoli mamlakat aholisi va hukumatini xavotirga solmoqda.
Signallar vaqti-vaqti bilan Moskvadan eshitiladigan bayonotlar bilan birga beriladi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov: "G‘arb "Yangi Ukraina" roliga Moldovani mo‘ljallayapti, mamlakat prezidenti Mayya Sandu esa NATOga qo‘shilish istagida va Moldovani Ruminiya bilan birlashtirishga tayyor. Bu esa G‘arb anti-Rossiyaga aylantirmoqchi bo‘lgan navbatdagi davlatdir", dedi.
"Lavrovning bayonoti Moldovada keng muhokama qilindi", deydi Moldovadagi Strategik tashabbuslar instituti tahlil markazi rahbari vazifasini bajaruvchi Vadim Pistrinchyuk DW nashriga bergan intervyusida. "Lavrov asl haqiqatni emas, o‘zi xohlagan narsani aytdi. U Moldovani beqarorlashtirmoqchi, uni muhokamalar markaziga tortmoqchi edi. Biroq, bu bizning ustuvor vazifamiz emas. Moldova siyosiy va gumanitar jihatdan neytral davlat, ammo Ukraina tomonida. Aholi hozir Rossiyaning qo‘rquvi ostida demagan bo‘lardim. Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi harbiy tajovuzining ilk vaqtida qo‘rquv bor edi. Hozir odamlar bunga ko‘nikib, o‘z kundalik muammolari bilan ovora", deydi ekspert.
Rossiyaning Moldovani beqarorlashtirish rejasi bormi?
2023 yil fevral oyi boshida Moldova prezidenti Mayya Sandu Kreml mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirish rejasini ishlab chiqqanini va buning uchun dunyoning bir qancha davlatlaridan harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan diversantlarni davlat muassasalariga hujum qilish va asirlarni garovga olish uchun jalb qilganini aytdi. Moldova hukumati bunday ma’lumotlarni ukrainalik hamkasblaridan olgan. Moskvada bu ma’lumot rad etildi. Bu haqda, xususan, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Rossiya haqiqatan ham Moldovadagi vaziyatni beqarorlashtirish rejasiga egami va u siyosiy aralashuv yoki harbiy aralashuvni nazarda tutadimi? Fridrix Ebert fondining Moldova va Ukrainadagi vakili Feliks Xett Ukrainadagi frontdagi hozirgi vaziyat tufayli Rossiyaning Moldovaga bostirib kirishiga ishonmaydi.
"Ammo Kreml qochqin oligarxlar nazoratidagi rossiyaparast partiyalar va ular tomonidan radikallashgan, yuqori inflyatsiya, energetik va iqtisodiy muammolardan norozi fuqarolardan foydalanib, Moldovadagi siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga harakat qiladi” degan xavf bor, dedi u. Bunda, ekspert fikricha, yuqorida tilga olingan, hozirda mamlakatdan tashqarida yashayotgan Moldova oligarxlari muhim rol o‘ynashi mumkin.
"Moldova prezidenti Mayya Sandu tomonidan ochiqlangan, Rossiyaning Moldovani beqarorlashtirish rejasiga kelsak, Rossiyaning bunday rejasi bor yoki yo‘qligini bilmayman, lekin bu Moldova tomoni tomonidan tasdiqlangan, ammo Rossiya tomonidan rad etilgan Ukraina razvedka ma’lumotlaridir", deya ta’kidlaydi Feliks Xett.
Vadim Pistinchyukning so‘zlariga ko‘ra, Sanduning Rossiyaning Moldovani beqarorlashtirish rejasi haqidagi bayonoti hamma joygacha yetib borgan, ammo respublika aholisining aksariyati uchun bu ajablanarli emas. Mutaxassis ta’kidlaganidek, gap harbiy aralashuv haqida emas: "Agar biz harbiy intervensiya haqida gapiradigan bo‘lsak, demak, hozirda Moldovaga bostirib kirishning harbiy xavfi yo‘q. Chunki hozirda Rossiya armiyasi o‘z kuchlarini Donbassda jamlagan. va Ukraina janubida. Hozirda Moldova uchun harbiy xavflar istisno qilingan".
Putinning navbatdagi nishoni Moldova bo‘ladimi?
Moldova ehtimoliy harbiy bosqinga tayyormi yoki yo‘qmi, germaniyalik ekspert Feliks Xett izoh bermadi, biroq yana bir bor ta’kidladiki, bir qator g‘arblik ekspertlarning fikriga ko‘ra, hozir Rossiya harbiy bosqini bo‘lmaydi. Uning fikricha, Moldova Putinning navbatdagi nishoniga aylanishi mumkin, ammo harbiy tomondan emas, balki siyosiy nuqtai nazardan bshladi. Rossiya Yevropaga moytl hukumatni ag‘darish va hokimiyatga rossiyaparast kuchlarni olib kelishga urinishi mumkin.
2023 yil 10 fevralda Moldova bosh vaziri Natalya Gavrilitsa kutilmaganda o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqdi. Keyin bu Rossiya rejasining bir qismimi, degan savol tug‘ildi. Vadim Pistrinchyukning so‘zlariga ko‘ra, Moldova prezidentining bayonoti bilan hukumat iste’fosi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q. Bu katta ehtimol bilan tasodifdir.
Buxarestdagi FDPga qarashli Fridrix Nauman fondining mintaqaviy idorasidan Reymar Vagner Moldova hukumatining iste’foga chiqishini izohlar ekan, Deutschlandfunk nashriga bergan intervyusida shunday dedi: "Yaxshi xabar shundaki, Moldovada siyosiy inqiroz yo‘q. Bu o‘zgarish muammosiz sodir bo‘ldi."
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Gavrilitsa kabinetining iste’foga chiqish sabablari aniq: og‘ir davrlar – koronavirus pandemiyasi, urush, energetika inqirozi, inflyatsiya edi. "Bu hukumatning asta-sekin obro‘si kamayishiga va bosh vazir Gavrilitsaning reytingi keskin tushib ketishiga olib keldi. Boshqa tomondan, bu partiya ichidagi kurash", deb tushuntirdi u Deutschlandfunk nashriga bergan intervyusida.
Dorin Rechan prezident Mayya Sandu tomonidan bosh vazir lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatilgan. 2022 yil fevralidan buyon uning mudofaa va milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi va Oliy xavfsizlik kengashi kotibi lavozimlarida ishlab kelmoqda. 16 fevral kuni Rechan nomzodini mamlakatdagi hukmron prezidentga xayrixoh Harakat va adolat partiyasi (PAS) deputatlari qo‘llab-quvvatladi. Rechan 101 ovozdan 62 ta ovoz oldi.
“Rossiyadan kelayotgan tahdidlar fonida aholiga xotirjamlik va ishonch kerak, ular shunday vaziyatda harakat qila oladigan siyosatchini kutishmoqda”, — dedi Raymar Vagner.
Tahlilchi Vadim Pistrinchuk ham Rechanni munosib nomzod, deb ataydi. "Rechanning nomzodi ko‘proq xavfsizlik muammolariga mos keladi. U hozirgi lavozimidan tashqari ikki yil davomida ichki ishlar vaziri ham bo‘lgan. Shuning uchun uning profili hozirgi vaziyatga mos tushadi", dedi u.
Pridnistrove Rossiya uchun bahona bo‘lishi mumkin
Moldova xavfsizligida jiddiy rol o‘ynaydigan omil — Pridnestrove atrofidagi vaziyat. Vadim Pistrinchuk: “har doim xavf bor, chunki bu hududda xorijiy davlat qo‘shinlari to‘plangan, ma’lum miqdorda qurol-yarog‘ mavjud va biz har doim qandaydir xavfsizlik provokatsiyasini amalga oshirish mumkinligini taxmin qilishimiz mumkin”, dedi.
Ammo, ekspert: "Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan beri Pridnestrove rahbarlari tez-tez bu provokatsiyalarga qo‘shilishni xohlamasliklarini aytishdi. Men ularning xatti-harakatlarini o‘ta ehtiyotkorlik, deb atashim mumkin", deya ta’kidladi. Feliks Xettning fikricha, Pridnestrovedagi qo‘shinlar Moldova uchun xavf tug‘dirmaydi, chunki ular ihotalangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar