11:13 / 19.07.2023
178

Eron Xitoyga qaramlikni Hindistonga iqtisodiy ochilish bilan muvozanatlashtira oladimi?

Eron Xitoyga qaramlikni Hindistonga iqtisodiy ochilish bilan muvozanatlashtira oladimi?

2023 yil iyul oyida  Tehron Xitoy boshchiligidagi Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT) a’zoligini rasmiylashtirdi. Eron Pekin tomon yana bir qadam tashlagan bir paytda, uning Rossiya va Hindiston bilan bo‘lgan loyihalari ham oldinga siljidi.

3 iyul kuni Tehronda Eron, Rossiya va Hindiston o‘rtasida «Shimol-Janub» xalqaro transport koridorini (XTK) rivojlantirish bo‘yicha uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. XTK loyihasi tugallangach, Hind okeani va Fors ko‘rfazi Eron orqali Kaspiy dengizi bilan bog‘lanishi mumkin.

2022 yilda Rossiya va Eron o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 20 foizga oshib, qariyb 4,9 milliard dollarga yetdi. Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq, Eron, Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasida transport yo‘lagi vazifasini o‘tagan «Shimol-Janub» loyihasi Moskva va Tehronga yangi bozorlarni rivojlantirish va sanksiyalardan qochishga yordam berishi mumkin.

Ammo Ozarbayjon hududidan o‘tuvchi XTKning dengizga chiqa olmagan qismlarini bog‘lash uchun Rasht-Astara temir yo‘li yetishmayotgani  hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda. Ushbu temir yo‘l qurilishini tezlashtirish maqsadida Moskva va Tehron shu yil boshida shartnoma imzoladi. Rossiya uni 48 oy davomida qurish uchun 1,6 milliard yevro (1,75 milliard dollar) sarmoya kiritdi.

Islomobodda istiqomat qilayotgan yevropalik diplomat ismini oshkor qilmaslik sharti bilan shunday dedi: "Uch davlat «Shimol-Janub» XTKning strategik ahamiyati va uning mintaqa bo‘ylab taqdim etadigan imkoniyatlarini yaxshi anglab turibdi".

Ammo diplomatning ta’kidlashicha, tashabbusni qayta boshlash uchun  ko‘rilgan tezkor harakatlarga qaramay, oldinda uzoq yo‘l bor. Bu loyihada temiryo‘l muammosi birgina misol xolos. Uning fikricha, «Shimol-Janub» loyihasi uzoq muddatda istiqboli bo‘lishi uchun bu yirik loyihani moliyalashtirish barqaror bo‘lishi kerak.

Ushbu XTK yana 11 ta davlatni o‘z ichiga olgan bo‘lsada, taraqqiyot barqaror emas. O‘tgan yilning iyul oyida loyiha doirasidagi birinchi poyezd Eronga yetib keldi, sentyabrda esa ikkinchi poyezd Rossiyadan Eronning Bandar Abbos porti orqali Hindistonga yetib keldi.

So‘nggi paytlarda Tehron o‘zining eng yirik savdo sherigi Pekinga shunchalik qaram bo‘lib qoldiki, uning vositachiligida Saudiya Arabistoni bilan diplomatik aloqalarni bajonidil qayta tikladi. AQSH va uning ittifoqchilari bilan qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi (JCPOA) kelishuvini tiklashda ozgina muvaffaqiyatga erishgan Eron Pekin va Pokiston kabi ittifoqchilari bilan yaqinlashdi.

Moskva va Pekin bilan teng sharoitni saqlab qolish Eron uchun muammo emas, chunki Xitoy va Rossiya manfaatlari Tehron manfaatlari bilan u yoki bu darajada mos keladi. Ukrainadagi mojarodan keyin ham Xitoyning Rossiyaga “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi sarmoyasi to‘xtab qolmadi va 2022 yilda 1,6 milliard dollarga yetdi. Darhaqiqat, Xitoy, Rossiya va Eron bir necha oy oldin qo‘shma dengiz harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazgan edi.

Biroq, Hindiston haqida gap ketganda, Pekin va Nyu-Dehli bilan bir xil darajada aloqa qilish endi Tehron uchun imkonsiz bo‘lishi mumkin, chunki Xitoy taklif qiladigan ko‘p narsalarga ega. Agar JCPOA yadroviy kelishuvi saqlanib qolmasa hamda Eron va G‘arb o‘rtasida do‘stona munosabatlarni tiklanmasa Eron-Hindiston aloqalari chinakam gullab-yashnamaydi.

Qizig‘i shundaki, Hindiston o‘zining SHHTga a’zoligi va Pekin ta’siriga qarshi turish uchun AQSH, Yaponiya va Avstraliya davlatlari bilan "To‘rtlik" bloki tuzish orqali Sharq va G‘arbni muvozanatlashtirmoqda. Bordiyu SHHT G‘arbga qarshi pozitsiyaga o‘tadigan bo‘lsa, Nyu-Dehli arosatda qolishi mumkin.

Yaqinda Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan virtual yillik sammitda Pekin SHHT taraqqiyot bankini yaratishni taklif qildi hamda Xitoy rahbari Si Szinpin barcha a’zolarni va boshqa ittifoqchilarni G‘arb sanksiyalariga qarshi turishga va "umumiy xavfsizlik" va mintaqaviy tinchlikni ta’minlashga chaqirdi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, Tehron ham, Nyu-Dehli ham, shu jumladan Pokiston ham SHHT a’zosi bo‘lsalar-da,  ta’sischi a’zolar Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘lsa-da, Nyu-Dehli Xitoyning "Bir kamar, bir yo‘l" tashabbusiga kirmaydigan yagona a’zo bo‘lgani uchun ularning barchasidan ajralib turadi.

O‘tgan oyda Hindiston Eronning Chabahar portiga 80 million dollarlik sarmoya kiritganini e’lon qildi.
2016 yildan beri Hindistonni Rossiya bilan dengiz orqali va «Shimol-Janub» XTKning bir qismi bilan bog‘lovchi Chabahor portini rivojlantirish loyihasi  to‘xtatib qo‘yilgan edi, chunki Hindistonning India Global Ports Ltd guruhi moliyalashtirishda o‘z majburiyatlarini bajara olmadi.

“Eron rahbariyati Hindiston ham, Xitoy ham taklif qilishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy va diplomatik imkoniyatlarni chuqur anglab yetgan. Imzolangan Eron-Xitoy 25 yillik hamkorlik shartnomasi va Hindiston-Eronning Chabahor portidagi hamkorligi Tehronda strategik aktivlar sifatida ko‘rilmoqda. Shu nuqtai nazardan, Tehron uchun ham Nyu-Dehli, ham Pekin bilan munosabatlarini muvozanatlash oson ish emas. U SHHTga yangi a’zolikni bu ikki davlatdan biriga yaqin bo‘lmasdan yuritishga harakat qiladi, ayniqsa G‘arb bilan yadroviy muzokaralarning oxir-oqibat jonlanishi Eron rahbariyatiga qiziqarli iqtisodiy muqobillarni taklif qilsa”, dedi diplomat.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron Xitoyga qaramlikni Hindistonga iqtisodiy ochilish bilan muvozanatlashtira oladimi?
ePN