date

Nemislar hukumatdan charchadi — so‘rov natijalari e’lon qilindi

Nemislar hukumatdan charchadi — so‘rov natijalari e’lon qilindi

Germaniyada aholining aksariyati hukumat faoliyatidan norozi. Infratest dimap instituti tomonidan ARD telekanali uchun o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 76 foizi olti oy avval hokimiyatga kelgan koalision hukumat ishidan qoniqmayapti. Faqat 22 foiz fuqarolar hukumat siyosatini ijobiy baholagan.

Taqqoslash uchun, iyun oyida aholining yarmidan ko‘pi — taxminan 50 foiz respondentlar hukumat faoliyatini qo‘llab-quvvatlagan edi. Ammo oradan bir necha oy o‘tib, ishonch keskin kamaygani kuzatilmoqda.

So‘rovda, shuningdek, kansler Fridrix Mers va moliya vaziri Lars Klingbeyl reytingi ham pasaygani qayd etilgan. Har ikkala siyosatchining faoliyatidan atigi 26 foiz odamlar qoniqish bildirgan. Ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindtning reytingi esa o‘zgarmagan.

Respondentlarning 58 foizi Germaniya tashqi siyosatini noaniq deb atagan, iqtisodiy ahvol esa yanada xavotirli holatda. So‘rovda qatnashganlarning atigi 29 foizi mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini “xavfsiz” deb hisoblagan.

Tahlilchilarning fikricha, bu kayfiyat Germaniya siyosiy maydonida keskin o‘zgarishlar boshlanishidan darak berishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nemislar hukumatdan charchadi — so‘rov natijalari e’lon qilindi