date

Gannibal Kaddafiyning ozodligi Liviya va Livan orasidagi kelishuv bilan bog‘liqmi?

Gannibal Kaddafiyning ozodligi Liviya va Livan orasidagi kelishuv bilan bog‘liqmi?

6 noyabr kuni Liviya Milliy kelishuv hukumati 2015 yilda Beyrutda hibsga olingan marhum Liviya rahbari Muammar Kaddafiyning o‘g‘li — Gannibal Kaddafiyning ozod etilganini e’lon qildi. Bu haqda Lebanon24 axborot portali xabar berdi.

Bayonotda aytilishicha, Livan hukumati Gannibal Kaddafiyni hibsdan chiqargan va unga mamlakatdan chiqish taqiqini ham bekor qilgan. Shu bilan birga, sud ilgari belgilangan 11 million dollarlik garovni ham bekor qilgani ma’lum qilindi.

Liviya hukumati Livan prezidenti Jozef Aun va parlament spikeri Nabih Berriga “ushbu masalani hal qilishda ko‘rsatgan yordam va hamkorliklari uchun” minnatdorlik bildirdi.

Kaddafiyning 50 yoshli o‘g‘li 2015 yilda Suriya hududida “Amal” jangarilari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan va keyinchalik Livan huquq-tartibot idoralariga topshirilgan edi. 2017 yilda esa u 1978 yilda Liviyada bedarak yo‘qolgan shia imomi Muso Sadr haqida ma’lumotni yashirganlikda ayblangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gannibal Kaddafiyning ozodligi Liviya va Livan orasidagi kelishuv bilan bog‘liqmi?