21:00 / 12.10.2023
310

G‘azo bilan chegaradagi qishloqdan o‘nlab jasadlar topildi

G‘azo bilan chegaradagi qishloqdan o‘nlab jasadlar topildi

Foto: Ilia Yefimovich / dpa / Scanpix / LETA

Kfar-Aza— Sderot shahri yaqinida, G‘azo sektoridan ikki kilometr masofada joylashgan kibus (kommuna). 2023 yil 7 oktyabr kuni kibutsga HAMAS a’zolari hujum qilgan, mahalliy aholi vakillarining bir qismi o‘ldirilgan, yana bir qismi garovga olinib, G‘azo sektoriga olib ketilgan. Isroillik harbiylar bu hududni qaytarib olishi uchun ikki kunga yaqin vaqt ketgan.

10 oktyabr kuni Isroil mudofaa armiyasi qariyb ikki kunlik janglardan keyin mamlakat janubida, G‘azo sektoridan bir necha kilometr masofada joylashgan Kfar-Aza kibutsini ozod etdi. Bu hudud 7 oktyabr kuni Isroilga hujum qilgan HAMAS a’zolari yo‘lidagi ilk nishonlardan biri bo‘lgandi.

Hudud qaytarib olingach, bu yerga jurnalistlar kirishiga ruxsat berildi. Ular bu yerda halok bo‘lgan tinch aholi vakillari, jumladan, ayollar va bolalarning jasadlari ustidan chiqishgan. OAV va TsAHAL vakillari bu yerda bo‘lgan voqealarni qirg‘in deb atamoqda.

The New York Times nashri yozishicha, o‘z klubi va sinagogiga ega Kfar-Aza kibutsida urushga qadar 750 kishi yashagan. G‘azo sektoriga yaqin joylashgani va doimiy raketa zarbalariga qaramay, mahalliy aholi odatiy turmush tarzini kechirgan. Hammayoqda beton boshpanalar bor, uylar esa xavfsizlik xonalari bilan jihozlangan. Isroilliklardan hech biri HAMAS a’zolari chegaradan o‘tib, odamlarni o‘ldira boshlashini tasavvur qila olmasdi, deb qayd etadi BBC.

Falastinliklar chegarani mototsikllarda kesib o‘tishgan, shuningdek, kibuts hududiga deltaplanlarda uchib kelishgan. G‘azoga eng yaqin bo‘lgan hududda mudofaa liniyasi joylashgan bo‘lib, bu yerda mahalliy aholi vakillaridan iborat otryad navbatchilik qilgan. Ular falastinliklarning ilk qurbonlariga aylangan. G‘aflatda qolgan Isroil armiyasi qismlari Kfar-Azaga yetib borishi uchun 12 soat vaqt ketdi, deb hikoya qiladi desantchilarning shturm guruhi komandiri o‘rinbosari Davidi Ben Tsion. Janglar ikki kunga yaqin vaqt davom etgan.

Sky News muxbiri Styuart Remzining so‘zlariga ko‘ra, shturm vaqtida o‘z uylarida uxlab yotgan odamlar falastinliklarning ovozlaridan uyg‘ongan va o‘z bolalarini shkaflarga, vino omborlariga va yerto‘lalarga yashirishgan. Ko‘pchilik o‘zini himoya qila olmagan. Ular harbiylar yordamini 17 soatdan ortiq vaqt davomida kutishgan.

Kfar-Azaning yuqoridan ko‘rinishi. 2023 yil 10 oktyabr
Ilan Rosenberg / Reuters / Scanpix / LETA 

«Hammayoqda jasadlar. Kibuts aholisi orasida o‘ldirilganlar juda ko‘p – erkaklar, ayollar, bolalar. Ularning qo‘llari bog‘langan, ular otib tashlangan», – deya hikoya qiladi o‘z reportajida CNN korrespondenti Nik Roberson.

Kibutsda halok bo‘lganlar orasida er-xotin Itay va Adar Berdichevski ham bor, ularning hikoyasi Isroil nashrlarida keng tarqaldi. Oila Kfar-Azada o‘n oylik egizaklari bilan yashashgan. Professional harbiy bo‘lgan Berdichevskilar hujum vaqtida chaqaloqlarni xavfsizlik xonasiga yashirishga ulgurgan, lekin ular uyga bostirib kirgan jangarilar bilan otishmada halok bo‘lgan. 13 soat o‘tib, egizaklar qarindoshlari tomonidan topilgan.

«Bu urush emas va jang maydoni ham emas. Bu qirg‘in, – degan NYT muxbiriga Isroil armiyasi general-mayori Itay Veruv. – Men hayotimda bunaqasini ko‘rmaganman, bu bizning bobolarimiz va buvilarimiz qirg‘iniga ham o‘xshab ketadi».

Isroil mudofaa armiyasi Kfar-Aza kibutsida halok bo‘lganlar sonini aniq keltirmagan. Kibutsdan ilk reportaj 10 oktyabr kuni Isroilning i24News telekanali tomonidan namoyish etildi. Uning muxbiri Zaka qidiruv-qutqaruv tashkiloti ko‘ngillilari ma’lumotiga asoslanib, Kfar-Azada tinch aholi vakillari bo‘lgan 200 ga yaqin kishining jasadi topilgani haqida ma’lumot berdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilda halok bo‘lganlar soni 1300 ga yetgan, yana bir necha ming kishi yaralangan. HAMAS a’zolari garovga olgan taxminan 150 kishining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.

Kubutsni egallab olgan HAMAS a’zolari bilan jang bir kundan ortiq davom etdi. Suratda Kfar-Azaga kirgan TsAHAL harbiylari. 
Ohad Zwigenberg / AP / Scanpix / LETA
1950-yillarda asos solingan ushbu kommunada, 2021 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, 750 dan ortiq kishi yashagan. Suratda isroillik harbiy Kfar-Aza ko‘chalaridan birida. 2023 yil 10 oktyabr
Ohad Zwigenberg / AP / Scanpix / LETA
7 oktyabr kuni G‘azo sektoridan chegara orqali Isroilga minglab falastinliklar bostirib kirgan. Suratda HAMASning Kfar-Aza kibutsiga hujum qilgan a’zolaridan birining jasadi. 2023 yil 10 oktyabr
Ohad Zwigenberg / AP / Scanpix / LETA
12 oktyabrdagi ma’lumotlarga ko‘ra, HAMAS a’zolari bilan to‘qnashuvlarda 200 dan ortiq isroillik harbiy halok bo‘lgan. Suratda isroillik askarlar Kfar-Azani ozod etishda halok bo‘lgan quroldoshi jasadini olib ketmoqda. 2023 yil 10 oktyabr
Ohad Zwigenberg / AP / Scanpix / LETA
Kfar-Azada yashovchilarning ko‘pchiligi garovga olingan va G‘azo sektoriga olib ketilgan. Ularning taqdiri noma’lum bo‘lib qolmoqda. Isroil harbiylari qishloqdagi bo‘shab qolgan uyni ko‘zdan kechirmoqda. 2023 yil 10 oktyabr
Ohad Zwigenberg / AP / Scanpix / LETA
Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA
Kfar-Azada keksalarga g‘amxo‘rlik qilgan hamshira jasadi. 2023 yil 10 oktyabr
Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA
Hassan Eslaiah / AP / Scanpix / LETA
Alexi J. Rosenfeld / Getty Images
Kibutsda asosan yosh oilalar farzandlari bilan yashagan. Kfar-Aza, 2023 yil 10 oktyabr
Erik Marmor / AP / Scanpix / LETA
Kfar-Aza kibutsida yakson etilgan avtomobillar. 2023 yil 11 oktyabr
Gil Cohen-Magen / AFP / Scanpix / LETA
Amir Levy / Getty Images
Ilia Yefimovich / dpa / Scanpix / LETA
Ohad Zwigenberg / AP / Scanpix / LETA
12 oktyabr kungi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilda HAMAS a’zolari hujumi oqibatida jami 1300 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Suratda TsAHAL harbiylari Kfar-Azada jangarilar hujumi vaqtida o‘ldirilgan mahalliy aholi vakillaridan birining jasadini olib chiqmoqda. 2023 yil 10 oktyabr
Erik Marmor / AP / Scanpix / LETA
Isroil nashrlari yozishicha, bir vaqtning o‘zida bu qadar ko‘p jasad shaxsini aniqlash va ularni dafn etish juda murakkab vazifa. Shifokorlar ko‘ngillilik asosida shaxsni aniqlash jarayonlariga yordam bermoqda, saflarida ko‘plab o‘smirlar ham bo‘lgan ko‘ngillilar esa tun bo‘yi dafn uchun qabrlar qazimoqda. Fotoda Kfar-Azada o‘ldirilgan aholi jasadlari. 2023 yil 10 oktyabr
Ohad Zwigenberg / AP / Scanpix / LETA
Isroildagi KAN davlat teleradiouzatish korporatsiyasi HAMAS hujumi vaqtida halok bo‘lganlar ro‘yxati ko‘rsatib boriladigan maxsus telekanalni ishga tushirdi. Isroildagi ko‘plab nashrlar, jumladan, Haaretz ham qurbonlar ro‘yxatini e’lon qilgan. Fotoda —  Kfar-Aza kibutsidan jasadlar olib chiqilishi jarayoni. 2023 yil 10 oktyabr
Ohad Zwigenberg / AP / Scanpix / LETA
Kfar-Aza kibutsi yaqinidagi yo‘l bo‘yida yotgan bolalar kolyaskasi va shaxsiy buyumlar. 2023 yil 10 oktyabr
Ronen Zvulun / Reuters / Scanpix / LETA
10 oktyabr kuni jurnalistlar hamrohligida Kfar-Azaga kelgan TsAHAL generali Itay Veruv bu hodisani yahudiylar qirg‘ini bilan qiyoslagan. «Bu urush emas, bu jang maydoni emas, bu qirg‘in», — degan u.
Ohad Zwigenberg / AP / Scanpix / LETA


Kfar-Aza, HAMAS, Isroil, G‘azo sektori

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G‘azo bilan chegaradagi qishloqdan o‘nlab jasadlar topildi