date

Mbappe birinchi 'Oltin butsa'sini qoʻlga kiritdi


Kilian Mbappe oʻtgan mavsumda Yevropaning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. Juma kuni fransiyalik hujumchi "Oltin butsa" sovrinini qabul qilib oldi.

Shu voqeadan soʻng "Real" yulduzi oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida post qoldirdi. "Mening birinchi "Oltin butsa"m.

Bu mukofotni qoʻlga kiritish va Yevropaning eng yaxshi toʻpurari sifatida eʼtirof etilish men uchun katta sharaf. Jamoamdagi barcha sheriklarimga va "Real"dagi insonlarga har kuni koʻrsatgan yordamlari uchun katta rahmat.

Sizlarsiz oʻzimning eng yaxshi versiyamni koʻrsata olmas edim. Nihoyat, boshidan beri menga koʻp muhabbat koʻrsatgan barcha madridistlarga rahmat aytmoqchiman.

Ertaga "Bernabeu"da koʻrishamiz!" — deb yozdi Mbappe. Shanba, 1-noyabr kuni "Real" "Valensiya"ni oʻz maydonida qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe birinchi 'Oltin butsa'sini qoʻlga kiritdi