
Bahraynda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy yutuqqa erishdi. Hamyurtlarimiz musobaqani 37 ta oltin, 16 ta kumush va 28 ta bronza medali bilan yakunlab, umumjamoa hisobida Xitoydan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi.
Bu natija O‘zbekiston sporti tarixida yoshlar Osiyo o‘yinlaridagi eng yirik muvaffaqiyat bo‘lib, mamlakatimiz uchun yangi rekord hisoblanadi. Avvalgi, ikkinchi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari atigi 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Osiyo o‘yinlarida qit’aning 45 mamlakatidan 4 mingdan ortiq sportchi medallar uchun bahs olib bordi. O‘zbekiston delegatsiyasining bunday yuksak natijasi yoshlar sporti rivojida olib borilayotgan tizimli islohotlarning amaliy samarasini ko‘rsatmoqda.
Mazkur yutuq O‘zbekiston sportchilari uchun yangi bosqichni boshlab berishi, yosh avlodni sportga kengroq jalb etish hamda xalqaro maydonda mamlakat nufuzini yanada oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!