date

APLning 10-turi: Asosiy o‘yinlar jadvali

APLning 10-turi: Asosiy o‘yinlar jadvali
Angliya Premer-ligasining 10-tur uchrashuvlari 1-noyabr kuni boshlanadi. Dastlabki o‘yinlarda “Brayton” “Lids”ni, “Byornli” esa kuchli raqib “Arsenal”ni qabul qiladi. Shuningdek, “Kristal Pelas” – “Brentford”, “Fulxem” – “Vulverhempton” va “Nottingem Forest” – “Manchester Yunayted” o‘yinlari ham bir vaqtda o‘tkaziladi.

Kun yakunida eng kutilayotgan bahs — “Tottenhem” va “Chelsi” o‘rtasida kechadi. Ushbu o‘yin London derbisi hisoblanib, ikki jamoa ham yuqori o‘rinlar uchun kurashda muhim ochkolarni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan. Kech soat 01:00 da esa “Liverpul” o‘z maydonida “Aston Villa” bilan to‘qnashadi.

2-noyabr kuni “Vest Hem” – “Nyukasl” o‘yini bilan davom etadi, kechga borib esa “Manchester Siti” “Bornmut”ga qarshi maydonga tushadi. Pep Gvardiola shogirdlari chempionlik poygasida yetakchilikni saqlab qolishga harakat qiladi.

Tur yakuniy o‘yini 3-noyabr tongida “Sanderlend” va “Everton” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu hafta turida kuchli jamoalar o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashni, past o‘rindagi klublar esa muhim ochkolar bilan vaziyatni yaxshilashni ko‘zlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APLning 10-turi: Asosiy o‘yinlar jadvali