Arxiv foto: AP
AQSH harbiy-havo kuchlari Tinch okeanida havodan uchiriladigan gipertovushli AGM-183 ARRW qanotli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Sinovlar davomida B-52 bombardimonchi samolyoti Tinch okeanidagi Guam orolini tark etib, gipertovushli qanotli raketani uchirgan. AQSH Harbiy-havo kuchlari sinovni muvaffaqiyatli deb atagan, biroq raketa qanday tezlikda uchganini oshkor qilmagan.
O‘tgan sinovlar davomida AGM-183 ARRW raketasi tovush tezligidan (1191 km/soat) besh barobar tezroq tezlikka erishgan. AQSH tezligi sababli aniqlash qiyin bo‘lgan gipertovushli qurollarni yaratayotgan yagona davlat emas.
"Rossiya Ukrainadagi nishonlarga gipertovushli raketalar uchirgan, Xitoy esa gipertovushli qurollarni sinovdan o‘tkazgan", — deydi AQSH harbiylari.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi oktyabr oyida mamlakat bunday qurolni sinovdan o‘tkazganini rad etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mark Tsukerberg Donald Tramp bilan Floridadagi villasida uchrashdi
Soʻrov natijalari: Grenlandiya aholisi AQShga qoʻshilishni yoqlaydimi?
Daniya hukumati Trampga Grenlandiya yuzasidan qanday taklif yoʻlladi?
Quyoshda ulkan “teshik” paydo boʻldi (foto)
Air Astana aviakompaniyasi sudda 12 yoshli yoʻlovchiga yutqazdi
Germaniyada 2024 yilning eng zararli soʻzi aniqlandi
Kiyev asirga olingan KXDR askarlarini ma'lum shart evaziga Pxenyanga topshirmoqchi
Britaniya biznesi yangi xodimlarni yollash oʻrniga sun'iy intellektdan foydalanishni afzal koʻrmoqda