21:31 / 02.07.2024
172

Vengriya hukumati raisi Zelenskiydan o‘t ochishni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqishni so‘radi

Vengriya hukumati raisi Zelenskiydan o‘t ochishni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqishni so‘radi
Foto: Reuters
Vengriya hukumati raisi Viktor Orban tashrif bilan Ukraina poytaxti Kiyev shahriga keldi va Volodimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Reuters agentligi xabariga ko‘ra, Orban Zelenskiyga o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqishni, bu uning fikricha, tinchlik muzokaralarini tezlashtirishi mumkinligini aytgan.

«Tinchlik bu — muhim masala. Sizlar yashayotgan urush sharoiti ayni paytda Yevropa xavfsizligiga ham intensiv ta’sir o‘tkazmoqda. Biz, albatta, janob Zelenskiyning tinchlikka erishish bo‘yicha barcha tashabbuslarini yuqori baholaymiz. Men Zelenskiyga bu tashabbuslar juda ko‘p vaqtni talab etishini aytdim. Aynan xalqaro diplomatiya qoidalariga ko‘ra ular juda murakkablashtirilgan. Men Zelenskiydan boshqacha yo‘l tutish haqida o‘ylab ko‘rishni so‘radim: avval o‘t ochishni to‘xtatish, so‘ngra tinchlik haqida muzokaralar o‘tkazish. Chunki o‘t ochishning to‘xtatilishi bunday muzokaralarning tezlashishini ta’minlashi mumkin», – deya Orban matbuot anjumanidagi chiqishidan iqtibos keltirmoqda «Interfaks-Ukraina».

Orbanning ta’kidlashicha, Vengriya Yevropa Ittifoqiga raislik qiladigan keyingi olti oy davomida Ukrainada tinchlik o‘rnatish asosiy masala bo‘ladi.

Vengriya bosh vaziri o‘n yil ichida ilk marta Kiyevga keldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u o‘z maqsadini tinchlik muammolarini hal etish va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda ko‘radi.

Kreml Orbanning Kiyevga tashrifidan hech qanday natija kutmayotganini qayd etgan.

14 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha Qrim, DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlarining Rossiya hududi sifatidagi maqomini tan olish, Ukrainaning qo‘shilmaslik va yadro qurolidan xoli maqomini mustahkamlash, uni demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish, shuningdek, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni nazarda tutuvchi yangi tinchlik takliflarini ilgari surgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vengriya hukumati raisi Zelenskiydan o‘t ochishni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqishni so‘radi