09:00 / 31.07.2024
276

Ukraina Rossiya bilan muzokaralarga tayyorligi e’lon qilindi

Ukraina Rossiya bilan muzokaralarga tayyorligi e’lon qilindi
Foto: Reuters
Ukraina xalqaro huquqiy shartlari bo‘yicha Rossiya bilan tinchlik muzokaralariga tayyor. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixail Podolyak ma’lum qildi.

Ukraina tajovuzkor davlat emas, Ukraina bu urushni boshlamadi. Shubhasiz, o‘zini to‘g‘ri pozitsiyalash uchun Ukraina muzokaralar jarayoniga tayyor ekanimizni bildiradi. Muzokaralar, albatta, zarur, ammo Ukraina: keling, xalqaro huquqqa konsepsiya sifatida tayanadigan shartlar asosida muzokaralar olib boraylik, deb aniq aytmoqda”, dedi Podolyak.

U ushbu konsepsiyaning eng asosiysi Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suvereniteti ekanini ta’kidladi. Podolyak Rossiya propagandasi “urush ketyapti, ammo biz muzokaralarga tayyormiz, Ukraina esa muzokaralarga tayyor emas” degan taassurot uyg‘otish uchun ko‘p mablag‘ sarflayotganini aytdi. Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Rossiya bizning hududlarimizni tark etsa, muzokara boshlash mumkin”ligini ta’kidlagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Rossiya bilan muzokaralarga tayyorligi e’lon qilindi