11:30 / 11.11.2024
48

Tramp jamoasi «yo‘qotilgan Qrim» haqidagi so‘zlardan bosh tortdi

Tramp jamoasi «yo‘qotilgan Qrim» haqidagi so‘zlardan bosh tortdi
Foto: Spencer Platt / Getty Images
AQSH saylangan prezidenti Donald Trampning maslahatchisi bo‘lib ishlagan respublikachi Brayan Lanza Ukraina Rossiya tomonidan qo‘shib olingan hududlarni, xususan, Qrimni qaytarish rejalaridan voz kechishi kerakligini aytganida uning nomidan gapirmadi. Bu haqda 9 noyabr, shanba kuni Tramp jamoasidagi ismi oshkor etilmagan manba Reuters agentligiga ma’lum qildi.

«Brayan Lanza (saylov) kampaniyasining pudratchisi edi. U prezident Tramp uchun ishlamaydi va uning nomidan gapirmaydi», — dedi Reuters manbasi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Trampning o‘tish shtabi hozirda kadrlarni ko‘rib chiqmoqda va ikkinchi prezidentlik muddati davomida amalga oshiradigan siyosatni ishlab chiqmoqda.

Respublikachi Lanza: «Qrim endi yo‘q»

Avvalroq Tramp maslahatchisi Brayan Lanza Ukrainada «tinchlik» o‘rnatilishi «g‘alaba» istiqbolidan ko‘ra «realroq» ekanini aytdi. «Agar prezident Zelenskiy muzokaralar stoliga o‘tirib, Qrim qaytarilsagina tinchlikka erishish mumkinligini aytsa, bu u jiddiy emasligini ko‘rsatadi», dedi Brayan Lanza BBC'ning Weekend radiodasturi efirida.

Donald Tramp 2025 yil yanvarida inauguratsiya marosimidan so‘ng Kiyev va Moskva bilan muzokaralarni boshlashi kutilmoqda. Avvalroq Tramp Ukrainadagi urushni tezda tugatishni ikkinchi prezidentlik muddatining ustuvor yo‘nalishi deb bilishini bir necha bor ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik bitimi prezident lavozimiga kirishganidan keyin «24 soat ichida» tuzilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp jamoasi «yo‘qotilgan Qrim» haqidagi so‘zlardan bosh tortdi