06:30 / 17.11.2024
10

Nega ayrim oilalarda faqat o‘g‘il yoki qiz tug‘iladi?

Nega ayrim oilalarda faqat o‘g‘il yoki qiz tug‘iladi?
Dunyoda har yili taxminan teng sonli o‘g‘il va qiz bolalar tug‘iladi, biroq ayrim oilalarda faqat o‘g‘il, ba’zilarida faqat qiz bolalar dunyoga keladi. Ushbu fenomen jarayonda ota-onalar geni qanday rol o‘ynashi mumkinligi nuqtayi nazaridan tadqiqotchilar e’tiborini tortdi. Bu haqda Proceedings of the Royal Society B: Biological Sciences yozdi.

Olimlar 500 ming nafar britaniyalik haqida ma’lumot saqlanuvchi Britaniya biobanki ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, rs144724107 genidagi bir nukleotidli o‘zgarish qiz bola tug‘ilishi ehtimolini 10 foizga oshiradi. Biroq bunday o‘zgarish atigi 0,5 foiz qatnashchida aniqlangan. Bu o‘zgarish spermatogenez va urug‘lantirishda ishtirok etuvchi ADAMTS14 geni yonida joylashgan.

Shuningdek, tadqiqotchilar jinslar nisbatiga ta’sir qiluvchi yana ikki gen — RLF va KIF20Bni aniqlashdi. Ammo olimlarning fikricha, xulosa chiqarishga erta, bu genlarning xususiyatlarini boshqa tanlovlarda qo‘shimcha tekshirish zarur.

Olingan ma’lumotlar Fisher prinsipi — evolyutsion biologiya nazariyasiga muvofiq keladi, unda nima uchun populyatsiyada jinslar nisbati teng saqlanib qolishiga javob berilgan. Agar populyatsiyada bir jins vakillari ko‘p tug‘ilishi boshlansa, tabiiy tanlov ishga tushib "kamyob" jins tug‘ilishini ko‘paytiradi va o‘rtadagi muvozanat tiklanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nega ayrim oilalarda faqat o‘g‘il yoki qiz tug‘iladi?