21:28 / 16.01.2025
560

Pep Gvardiola rafiqasi bilan nega ajrashgani ma'lum qilindi

Pep Gvardiola rafiqasi bilan nega ajrashgani ma'lum qilindi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 30 yillik munosabatlardan soʻng rafiqasi Kristina Serra bilan ajrashdi. "Mamarazzi" podkastida jurnalistlar Lorena Vaskes va Laura Fa ushbu shov-shuvli ajralish sabablarini ochiqlashdi.

"2022 yil sentyabr oyidan boshlab Kristina Manchesterda koʻrinmay qoldi. Uning Gvardiolaga bildirgan da'volaridan biri uning ishiga haddan tashqari berilib ketgani edi. Pep uchun futbol butun dunyo edi va ehtimol Kristina hayotini boshqa joyga koʻchirish zarurligini his qilgan. Dekabr oyida ular farzandlari bilan Barselonada Rojdestvo nishonlamoqchi boʻlishgan. Aynan oʻshanda, Kristina ajralish qarorini qabul qilgan," — deydi Vaskes.

"Pep klubdan ketishga tayyorgarlik koʻrayotgandi. U BAAga koʻchishni oʻylardi va "Manchester Siti" shartnomani uzaytirmoqchi emasdi. Agar shunday qilganida, rafiqasi bilan munosabatlarni tiklash imkoniyati boʻlardi. Biroq Gvardiola shartnomani uzaytirishga qaror qilganidan soʻng, Kristina ajrashishga amin boʻlgan" — dedi Laura Fa.

Shu bilan birga, podkastda Gvardiola va Serra kelajakda yana yarashish ehtimoli borligi ta'kidlandi. Bu fikrni ularning yaqin doʻstlari bildirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo