20:22 / 22.01.2025
134

Tramp Ukraina boʻyicha vakiliga urushni 100 kunda tugatishni topshirdi

Tramp Ukraina boʻyicha vakiliga urushni 100 kunda tugatishni topshirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp oʻzining Ukraina va Rossiya masalalari boʻyicha maxsus vakili, iste'fodagi general Kit Kellogga Rossiya—Ukraina urushini 100 kun ichida tugatishga erishishni topshirdi, deb yozadi The Wall Street Journal (WSJ).

Deyarli hech kim, ayniqsa rossiyaliklar, u buni qila oladi deb oʻylamaydi, deydi xabar mualliflari.
Shu bilan birga, xabarda aytilishicha, kuzatuvchilar “Tramp Ukraina boʻyicha muzokaralarni shaxsan nazorat qilish niyatida” deb hisoblaydi.

Foto: WSJ
Kellog unga muzokaralar boʻyicha maslahat beradi, ammo Trampning maslahatga muhtojligi aniq emas, deya qayd etadi WSJ.

Jurnalistlarning ta'kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan kelishuv tuzish Tramp saylov kampaniyasi davomida Oq uyga qaytganidan keyin 24 soat ichida Ukrainadagi urushni tugatishga va'da berganida oʻylaganidan ancha qiyin boʻladi.

Kellogning oʻzi Trampning inauguratsiyasidan oldinroq Fox News telekanali efirida Ukrainadagi harbiy mojaroni 100 kun ichida hal qilish uchun echim topishni xohlashini aytgandi. Biroq oʻsha paytlardayoq ekspertlar bunday intilishni noreal deb atashgan.

Ukrainadagi urushni tugatish uchun Kellog rejasi

2024 yilning aprel oyida Kit Kellog Tramp tarafdori boʻlgan “Amerika hamma narsadan ustun” siyosat instituti (AFPI) tomonidan ishlab chiqilgan Ukrainadagi urushni tugatish rejasining hammuallifi boʻldi. Uning maqsadi Ukraina va Rossiyani turli ta'sir vositalaridan foydalangan holda imkon qadar tezroq tinchlik muzokaralarini boshlashga undashdir.

Xususan, rejaga koʻra, agar Ukraina muzokaralarda ishtirok etmasa, AQSh harbiy yordamini butunlay qisqartirish xavfi ostida qoladi. Rossiya esa kelishuvga kirishni istamasa, Vashington tomonidan Kiyevni qoʻllab-quvvatlash sezilarli darajada kuchaytiriladi.

Oʻtgan yilning dekabr oyida oʻtkazilgan Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti (KXSI) soʻroviga koʻra, Ukraina aholisining 45 foizi Trampning gʻalabasi oʻt ochishni toʻxtatishni “bir oz” yoki “sezilarli darajada” yaqinlashtiradi deb hisoblaydi. Ukrainaliklarning atigi 14 foizigina AQShdagi saylovlarning natijasi sulhni uzoqlashtirishiga ishonch bildirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo