
Xitoylik olimlar gen tahrirlash texnologiyasidan foydalanib, Q10 koenzimini sintezlaydigan yangi guruch navini yaratishga muvaffaq boʻldi.
Koenzim Q10 — inson hujayralari energiya almashinuvining asosiy tarkibiy qismi boʻlib, yurakni antioksidant himoya qilishda muhim vazifalarni bajaradi. U oksidlanish jarayonlarini kamaytiradi, yurak mushaklariga kuch bagʻishlaydi, mushaklar tirishishi va spazmalarini, ogʻriq sindromining oldini oladi hamda teri osilishini bartaraf etadi.
Koʻplab sportchilar bu moddani oʻz ratsioniga qoʻshadi. Modda mushak tolalarini mustahkamlaydi, sport mashgʻulotlaridan keyin kuch va quvvatni tiklashga yordam beradi.
Ammo inson tanasida ushbu moddani sintez qilish qobiliyati 20 yoshdan soʻng sezilarli darajada pasayadi. Shu sababli, olimlar uni guruch kabi an'anaviy don ekinlaridan olishni taklif etdi.
Tadqiqotchilar 67 oilaga mansub 134 ta oʻsimlik namunalarini toʻpladi va koenzim yopiq urugʻli oʻsimliklarga xos ekanini aniqladi. Gʻalladoshlar, murakkabguldoshlar va qovoqdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklarning aksariyati asosan Q9 koenzimini sintez qiladi. Xitoyning asosiy milliy ekin turi boʻlgan guruch esa inson uchun zarur hisoblangan Q10 koenzimiga boy hisoblanadi.
Olimlar maxsus texnologiyadan foydalanib, ushbu foydali moddani sintezlaydigan guruch navini yaratdi. Natijada, olingan namunaning barglarida koenzim miqdori umumiy miqdorning 75 foizini tashkil etdi, guruch donlarida esa ushbu modda ulushi bir grammda 5 mikrogrammgacha etdi. Bunda hosildorlikka salbiy ta'sir koʻrsatilmagan.
Xitoy Fanlar akademiyasi yangi guruch naviga inson uchun Q10 koenzimining eng muhim manbai sifatida qaramoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar