date

Turkiya sudi Binyamin Netanyahu va Isroil rahbarlarini hibsga olishga order berdi

Turkiya sudi Binyamin Netanyahu va Isroil rahbarlarini hibsga olishga order berdi
Turkiya sudi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu, mudofaa vaziri Isroil Kas, milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir, Isroil armiyasi boshlig‘i general Eyol Zamir va dengiz kuchlari qo‘mondoni David Salamani hibsga olishga order berdi. Bu haqda Istanbul prokuraturasi bayonotiga tayanib Anadolu xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jami 37 nafar shaxsga qarshi ayblov qo‘yilgan bo‘lib, ular 2023 yildan buyon G‘azoda amalga oshirilgan harbiy harakatlar chog‘ida "tizimli ravishda amalga oshirilgan genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlar" da ayblanmoqda.

Bayonotda aytilishicha, ayblovlarga asos bo‘lgan holatlar orasida 6 yoshli Hind Rajabning Isroil askarlari tomonidan o‘ldirilishi, 2023 yil 17 oktyabrda “Al-Ahli” baptist kasalxonasiga qilingan hujumda 500 nafar kishi halok bo‘lishi, shuningdek, 2024 yil 29 fevralda tibbiy uskunalarning ataylab vayron qilinishi va 2025 yil 21 martda Turkiya–Falastin do‘stlik kasalxonasining bombardimon qilinishi kabi holatlar keltirilgan.

Shuningdek, prokuratura G‘azo to‘liq to‘sib qo‘yilgani va jabrlanganlarga gumanitar yordam yetkazilishiga to‘sqinlik qilinganini ta’kidlagan.

Turkiya rasmiylari bu qarorni “insoniyat sha’nini himoya qilish yo‘lidagi huquqiy qadam” sifatida baholamoqda. Shu bilan birga, ayblovlarga javoban Isroil hukumati hozircha rasmiy izoh bermagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya sudi Binyamin Netanyahu va Isroil rahbarlarini hibsga olishga order berdi