
Fransiyalik himoyachi Ibrahima Konate "Liverpul"dagi kelajagi borasida qaror qabul qildi. Diario AS nashrining xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi mersisayd klubini erkin agent sifatida tark etmoqchi.
Uning shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi. Konatega qiziqish bildirayotgan klublar orasida Madridning "Real" va Myunxenning "Bavariya" jamoalari borligi ma'lum qilindi.
Ibrahima 2021 yilning yozidan beri "Liverpul" safida to'p surmoqda. Himoyachining transfer qiymati 55 million yevro deb baholanmoqda.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Konate 11 o'yinda qatnashib, 2 sariq kartochka olgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing