
Foto: Facebook \ Yuliya Sviridenko
Ukraina hukumati delegatsiyasi ishchi tashrif bilan Saudiya Arabistoniga bordi. Bu haqda mamlakat iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko ma'lum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, ukrainalik amaldorlar allaqachon mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazib, energetika, qishloq xoʻjaligi va infratuzilma boʻyicha loyihalarini taqdim etgan.
«Keyingi kunlar davomida prezident Volodimir Zelenskiyning Saudiya Arabistoniga tashrifiga tayyorgarlik koʻrish uchun oʻnlab uchrashuvlar oʻtkaziladi. Xususan, mintaqa davlatlari bilan muhim iqtisodiy shartnomalarni imzolashga tayyorlanyapmiz», — deydi Svidirenko.
Gʻarb OAV ma'lumotlariga koʻra, keyingi hafta Saudiya Arabistoniga AQSh va Rossiya vakillari tashrif buyurib, Donald Tramp va Vladimir Putinning boʻlajak uchrashuvini muhokama qiladi. Taxminlarga koʻra, mazkur muzokaralarga Ukraina vakillari ham qoʻshilishi mumkin. Trampning Putin bilan uchrashuvi fevral oxirlarida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, Ukraina prezidenti ofisining rahbari Andrey Ermak RF vakillari bilan uchrashuv boʻlmagani va urushni yakunlash boʻyicha reja tayyorlanmagunga qadar boʻlmasligini ma'lum qildi.
BBC Ukraina hukumatidagi yuqori martabali manbasiga tayanib yozishicha, Kiyev delegatsiyasi taklif qilinmagan va Saudiya Arabistonida rejalashtirilgan tinchlik muzokaralariga jamoasini yubormayapti.
Donald Tramp 12 fevral kuni Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilib, Rossiya—Ukraina urushini toʻxtatish toʻgʻrisidagi muzokaralarni boshlashga kelishib olganini e'lon qildi. Zelenskiy bir necha bor Ukraina ishtirokisiz hech qanaqa tinchlik muzokaralarni boʻlmasligini ta'kidlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar