
Rossiya Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli havo hujumlarini davom ettirmoqda. O‘tgan hafta oxirida Rossiya tomonidan mamlakat bo‘ylab, jumladan Kiyev va Lvov shaharlari yo‘nalishida 537 ta raketa va dron zarbasi berilgani haqida xabarlar berildi.
Ushbu hujumlar davomida Ukraina havo kuchlarining F-16 uchuvchisi, polkovnik-leytenant Maksim Ustymenko halok bo‘ldi. Prezident Vladimir Zelenskiy unga “Ukraina Qahramoni” unvonini vafotidan so‘ng topshirdi.
Harbiy frontda esa Rossiyaning Sumy viloyati bo‘yicha yurishi sekinlashgan bo‘lsa-da, sharqdagi Dnipropetrovsk viloyatiga e’tibor kuchaygan. Rossiya matbuotidagi tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Moskva kuchlari ushbu mintaqadagi ilk qishloqni nazoratga olgan bo‘lishi mumkin.
Ayni paytda AQSh prezidenti Donald Tramp vositachiligida may oyidan buyon o‘tkazilgan ikki raundlik tinchlik muzokaralari hozircha aniq natija bermagan. Putin esa Rossiya va Ukraina takliflari "butunlay qarama-qarshi" ekani sababli muzokaralardan ijobiy natija chiqishiga shubha bildirdi.
Zelenskiy esa Putinning niyatlariga ishonmasligini yana bir bor bildirdi: “Putin allaqachon diplomatiyani yarim yilga cho‘zib yubordi, bu urush davomida esa butunlay orqaga surdi. Rossiya bu urushdan chiqish yo‘lini emas, aksincha yangi harbiy hujumlarga, jumladan Yevropa davlatlariga qarshi tayyorgarlik ko‘rmoqda”, dedi Ukraina yetakchisi.
AQShning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus elchisi Kit Kellogg ham shunga o‘xshash bayonot berib, Rossiyani vaqtni cho‘zishda va tinch aholi obyektlariga hujum qilishda aybladi. Moskva esa bunday ayblovlarga javoban hech narsani cho‘zayotgan emasligini va AQShga “qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdor” ekanini bildirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar