date

Suriya AQSh koalitsiyasiga qo'shildi


Hozirgi Suriya hukumati Islomiy davlatga qarshi kurash olib borayotgan xalqaro koalitsiyaga qo'shildi. Bu haqda Suriya OAVga tayanib, RBC xabar berdi.

Shuningdek, AQSh Davlat departamenti Yaqin Sharqdagi ushbu mamlakatga nisbatan qo'llanilgan sanksiyalarni 180 kun muddatga to'xtatdi. Bloomberg nashri qayd etishicha, Vashingtonning bu qarori Damashqdagi yangi hukumat bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Shu bilan birga, Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara mamlakatni fuqarolar urushi natijasida vayron bo'lgan holatdan tiklash uchun xalqaro yordam olishga intilmoqda. AQShning Suriya bo'yicha maxsus vakili Tom Barrakning so'zlariga ko'ra, AQSh Suriya hukumatini qo'llab-quvvatlashni Eron ta'sirini kamaytirish va Islomiy davlatning qayta shakllanishining oldini olish uchun zarur deb biladi.

Bundan avvalroq, Suriya Ichki ishlar vazirligi bir qator viloyatlarda Islomiy davlatga aloqador terroristik guruhchalarga qarshi operatsiyalar o'tkazilganini ma'lum qilgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Dunyo » Suriya AQSh koalitsiyasiga qo'shildi