date

Amirsoy chang'ichilari Yevropada bepul dam olishadi

Amirsoy chang'ichilari Yevropada bepul dam olishadi
Amirsoy tog' chang'i kurorti mavsumiy abonement egalari Andorradagi Grandvalira Resorts tarmog'iga kiruvchi Yevropa tog' kurortlarida besh kun davomida bepul chang'ida uchish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Bu haqda Toshkentda bo'lib o'tgan TITF-2025 forumi doirasida Yevroosiyo tog' kurortlari ittifoqi (EAGK) kotibi Andrey Kukushkin ma'lum qildi.

Mazkur imkoniyat EAGK tarkibidagi boshqa kurortlar, jumladan, Ozarbayjonning "Shahdag", Rossiyaning "Roza Xutor", Qozog'istonning "Shimbulak" va "Oi-Qaragay" kurortlarining mavsumiy abonement egalari uchun ham amal qiladi. Bundan tashqari, Andorradagi kurortlarning chang'ichilari ham O'zbekiston, Qozog'iston, Ozarbayjon va Rossiya kurortlarida bepul uchish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Dastur ishtirokchilariga mavsumiy abonementlarni almashtirish jarayonida kassaga borish yoki navbatda turish shart emas. Ular o'zlarining plastik kartalari orqali bepul kirish huquqiga ega bo'lishadi.

Texnik yechimlar Axess kompaniyasining yagona o'tish tizimi orqali muvofiqlashtiriladi. Shuningdek, EAGK tarkibidagi kurortlarning mavsumiy abonement egalari yangi mavsumda alyansga kiruvchi istalgan kurortda bepul dam olish imkoniyatiga ega bo'lishadi, agar ular ushbu kurort tomonidan tavsiya etilgan mehmonxonalarda istiqomat qilsalar.

Masalan, Ozarbayjonning "Shahdag" kurorti mavsumiy abonement egasi "Amirsoy" kurortida qancha kun mehmonxonalarda istiqomat qilsa, shuncha kun davomida bepul dam olishi mumkin. EAGK bunday dasturni mavsumiy abonement egalari orasida boshqa kurortlarga sayohat qilishni rag'batlantiradi va xalqaro turistik yo'nalishlarning rivojlanishiga turtki beradi, deb hisoblamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Amirsoy chang'ichilari Yevropada bepul dam olishadi