date

Theranos asoschisining qamoq muddati qisqardi

Theranos asoschisining qamoq muddati qisqardi
Theranos startapining asoschisi Elizabet Xolmsning qamoq muddati bir yilga qisqardi, deb xabar beradi Business Insider. Endilikda u 2031 yilning dekabr oyi oxirida ozodlikka chiqishi mumkin.

Bu tadbirkorning qamoq muddati qisqartirilishi bilan bog‘liq ilk holat emas. Bungacha, 2023 yilda ham uning muddati qisqartirilgan edi.

Xolms investorlarni aldashda ayblanib qamoqqa hukm qilingan. U asos solgan Theranos kompaniyasi bor-yo‘g‘i bir tomchi qon yordamida yuzlab tahlillar o‘tkazish imkoniyatini va’da qilgan edi.

Biroq bu texnologiya ishlamaydiganligi ma’lum bo‘lgan. Shu bilan birga, qurilmaning AQSh armiyasi uchun ruxsat olingani haqidagi bayonotlar ham yolg‘on bo‘lib chiqqan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Theranos asoschisining qamoq muddati qisqardi