date

Barselona urugvaylik himoyachi Pasifikoni ijaraga olishga kelishdi

Barselona urugvaylik himoyachi Pasifikoni ijaraga olishga kelishdi

"Barselona" chap qanot himoyachisi transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ishonchli insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, "ko'k-anorranglilar" safini urugvaylik Patrisio Pasifiko to'ldiradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kataloniyaliklar 19 yoshli futbolchini "Defensor Sporting"dan ijara asosida oladi. Bitimda 1,8 million yevro va bonuslar evaziga sotib olish opsiyasi ko'zda tutiladi, ayrim shartlar bajarilganda bu opsiya majburiy bandga aylanishi mumkin.

Ta'kidlanishicha, Patrisio Pasifiko dastlab "Barselona B" — klubning ikkinchi jamoasi tarkibida maydonga tushadi.

"Barselona"ning asosiy jamoasi navbatdagi o'yinini 28 yanvar kuni "Kopengagen"ga qarshi Chempionlar ligasida o'tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona urugvaylik himoyachi Pasifikoni ijaraga olishga kelishdi